So’nggi yangiliklar

21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  25 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  2 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  42 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  1 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  5 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  12 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  20 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1

"Qo'qon-1912" “Paxtakor” bilan o'yindan oldin o'z muxlislariga murojaat qildi Yangiliklar

"Qo'qon-1912" “Paxtakor” bilan o'yindan oldin o'z muxlislariga murojaat qildi

Superliga o'zining qizg'in pallasiga keldi. Bu yog'iga jamoalar maydonda har bir ochko uchun ayovsiz kurash olib borishlari turgan gap.

Har bir ochko muhim ahamiyatga ega bo'ladi. “Qo'qon-1912” jamoasi uchun ham oldindagi ikkita uchrashuv haqiqiy finalga teng desak, mubolag'a bo'lmaydi. CHempionlik yo'lida kurashni davom ettirish uchun futbolchilar oldinda turgan ikkala uchrashuvda ham g'alaba qozonishlari talab etiladi. Buning uchun esa muxlislarning ko'magi muhim o'rin tutadi.

Malumki, azaldan Qo'qonlik futbol ishqibozlari mamlakatimizda etakchilaridan bo'lib kelishgan. Muxlislar o'tgan yili PFL tomonidan eng yaxshi deb tan olingani bejiz emas. Bu yil ham ishqibozlar futbolchilarni alo darajada qo'llab-quvvatlab kelishmoqda. Jamoaning eng og'ir damlarida ishqibozlarning daldasi futbolchilarga ruhiy madad bo'ldi. Qiyin damlarda ham sizlar jamoani tinimsiz olqishlab turdingiz. Natijada muvaffaqiyatsiz o'yinlar o'rnini g'alabali seriya egalladi. Buning uchun sizlardan har qancha minnatdor bo'lsak arziydi.

“Qo'qon-1912” klubi o'z muxlislari bilan har doim faxrlanib kelgan va doim ham shunday bo'lib qoladi. “Qo'qon-1912” jamoasi har doim muxlislar uchun o'ynaydi.

Yana ikki kundan keyin Qo'qonda haqiqiy futbol bayrami bo'ladi, desak adashmaymiz. “Markaziy” o'yingohda chempionat peshqadami Toshkentning “Paxtakor” jamoasi mehmon bo'ladi. Ushbu o'yindagi g'alaba jamoaning kuchli oltilikka kirishi uchun katta imkoniyat yaratadi.

SHu kuni g'alaba qozonib, Qo'qon xalqiga haqiqiy bayram taqdim etishni maqsad qilgan futbolchilar uchun siz aziz muxlislarining qo'llab-quvvatlab turishlaringiz katta ruhiy madad bo'lishi tayin. Buni sizlar ham his etib turgangizga shubha yo'q. SHu kuni barcha birlashib, stadionni to'ldirib, jamoani qo'llab-quvvatlashiga ishonchimiz komil.  

“Navbahor”ning o'z maydonidagi uchrashuvlarida muxlislar haqiqiy 12-o'yinchi bo'layotgani haqida eshitib ko'pchilikning havasi keladi.

Qo'qonlik futbol muxlislari ham ulardan qolishmay barchaning havasini keltirishlari shubhasiz.
Aytgancha, so'nggi uch yildan beri “Paxtakor” Qo'qonda g'alaba qozona olmayapti. Bunda muxlislarning beqiyos hissasi borligini takidlash joiz. O'tgan yili “Paxtakor” bilan bo'lgan bahsda “Markaziy” stadion ishqibozlar bilan to'lib-toshganini ko'pchilik maroq bilan eslaydi. Bo'lajak uchrashuvda ham shunday holat takrorlanishini istaymiz va shunday bo'lishiga ishonamiz.

Qo'qonlik futbol muxlislar hech qachon jamoani yolg'izlatib qo'yishmagan. Biz sizlarga ishonamiz. SHu kuni muxlislarga yuqori kayfiyatda taqdim etish uchun o'yindan oldin koncert dasturi taqdim etiladi. Unda taniqli xonanda Ramzbek Abdurahmonov o'zining qo'shiqlari bilan muxlislarga xushkayfiyat bag'ishlaydi. Ham koncert dasturi ham super o'yin guvohiga aylanish imkoniyatni qo'ldan boy bermaysiz, degan umiddamiz.

Takror aytamiz, bo'lajak bahsda muxlislarimizning qo'llab-quvvatlashlari har doimgidan-da muhim.
Qo'qonlik futbol muxlislarining butun mamlakatga haqiqiy kuchlarini namoiysh etadigan payt keldi. Ishqibozlik qanday bo'lishini ko'rsatish fursati etdi. Olg'a, Qo'qon!

Barchangizni stadionda kutib qolamiz. Uchrashuv 12 avgust kuni soat 18:30da boshlanadi.


"Qo'qon-1912" matbuot xizmati

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика