So’nggi yangiliklar

21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  0 21:35Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23 3:0 (матнли трансляция)  11 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  7 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  14 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  2 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  4

"Qo'qon-1912": O'zaro o'yin o'tkazildi Yangiliklar

"Qo'qon-1912": O'zaro o'yin o'tkazildi

Teglar :  Qo'qon-1912
Bugun "Qo'qon-1912"ning birinchi yig'ini yakuniga etdi. Bir hafta davom etgan mazkur yig'inda ko'plab futbolchilar ishtirok etishdi.

Bugun yig'inning so'nggi kunida futbolchilarimiz ikkiga bo'lingan holda o'zaro o'yinda maydonga tushishdi. “Markaziy” stadionda kuchli yomg'ir ostida bo'lib o'tgan uchrashuvda “Yashillar” kichik 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. O'yindagi yagona golni 63-daqiqada Maruf Zokirjonov penaltidan kiritdi.

Birinchi yig'inda jamoamiz safida bir qator o'yinchilar ko'rikdan o'tish uchun tashrif buyurishganini takidlash joiz. O'tgan mavsumni “Norin” safida o'tkazgan darvozabon Muhriddin Ahmedov shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, o'tgan mavsum kashfiyotlaridan biri – “Paxtakor” safida o'zining yorqin o'yinlari bilan muxlis va mutaxassislarda yaxshi taassurot qoldirgan Andrey Sidorov ham jamoamiz ko'rigida bo'lib turibdi.

Birinchi yig'inda jarohat sabab, Otabek Haydarov, Ibrohim Rahimovlar ishtirok eta olishmadi. SHuningdek, Otabek Zokirovda ham kichik jarohat bor. Jamoamiz sardori – Aziz To'xtaboev va Andrey Baklanovlar murabbiylar shtabida ish boshlashdi.


Nazorat uchrashuvi

“Qo'qon-1912” (yashillar) – “Qo'qon-1912” (qizillar) – 1:0 (0:0)

Hakam
: Qahramon Sobirov.

Gol: Maruf Zokirjonov – 63 (pen).

“Yashillar”
: Nikita Ribkin (Ruslan Matniyazov, Islom Abdullaev), Ismoil Oxunjonov, Oybek Rustamov, Avaz Mamatxo'jaev, Maruf Zokirjonov, Abdullox Olimov, Abror Rahmonov, Muhammadanas Hasanov, Doniyor Inomov, Doston Meliqo'ziev, Muhiddin Mamasoliev, Andrey Sidorov.

“Qizillar”: Aziz Ashurov (Muhriddin Ahmedov), Doston Tursunov, Mirjalol Qurbonov, Jalil Kimsanov, SHoxrux Xolmatov, Iqbol Malikjonov, Bahodir Akramov, Sobir Hamidov, Orif Mamajonov, Suhrob Berdiev, Nosir Otaqo'ziev (Abduqahhor O'ktamov).

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика