"Qo'qon-1912" muxlislarni 22 mart kungi ochilish bahsiga taklif etmoqda
18 mar 2023 13:23
Yangiliklar
"Qo'qon-1912" muxlislarni 22 mart kungi ochilish bahsiga taklif etmoqda
Quvonarlisi, endilikda "Markaziy" stadioni to'liq tamirlandi va jamoamiz Pro liganing 2-turida o'z maydonida "Mashal"ni qabul qiladi.
22 mart kuni 16:00 da boshlanadigan ochilish uchrashuvida jamoaning 12-futbolchisi bo'lib, "Qo'qon-1912" jamoasini qo'llab-quvvatlang.

SHuningdek, "Qo'qon-1912" futbol klubi hamisha va hamma vaqt o'z muxlislarni alohida qadrlaydi. Futbol uchrashuvining tanaffus vaqtida sovg'ali lotereya o'ynaladi. O'yinini ko'rish uchun sotib olingan chipta raqamlari lotereya o'yinida qatnashish imkoniga ega bo'ladi. Lotereya o'yinida g'olib bo'lgan muxlislar esa qimmatbaho sovg'alardan birini qo'lga kiritadi.
Futbolga tashrif buyuring va uyga qimmatbaho sovg'a bilan qayting!
"Qo'qon-1912" jamoasi barcha futbol ixlosmandlarini "Markaziy" o'yingohiga chorlaydi!
Unutmang! "Qo'qon-1912" jamoasi muxlislar uchun o'ynaydi va g'alaba qozonishga harakat qiladi.
"Qo'qon-1912" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar