So’nggi yangiliklar

22:05Суперлига. ОКМК Санчеснинг дубли эвазига "Пахтакор" майдонида ғалаба қозонди  54 22:04"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 21:36"Боруссия" АПЛдан 25 млн еврога ўйинчи сотиб олиши мумкин  0 21:08Жек Грилиш "Эвертон"га ўтиши мумкин  0 20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  4 19:51"Эспаньол" Лукас Васкесни таркибга қўшиб олмоқчи  0 19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  1 18:49Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК. Таркиблар маълум  6 18:36"Ювентус" Тоналини харид қилмоқчи  1 18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  1 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  7 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2 16:16"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди  0

“Qo'qon-1912” yig'inida yangilar bor yoxud Doniyor Usmonov ketdi Yangiliklar

“Qo'qon-1912” yig'inida yangilar bor yoxud Doniyor Usmonov ketdi

Avval xabar berganimizdek, qo'qonliklar 20 dekabr kuni o'z qarorgohida yig'ildi.
Futbolchilar hozircha kuniga bir mahaldan shug'ullanmoqda. Jamoa ustozi Rustam Abdullaev ayni damda Toshkentda oliy liga klublarining bosh murabbiylari ishtirokidagi yig'ilishda ishtirok etmoqda. SHu bois mashg'ulotlarni uning yordamchisi Aram Ananyan olib bormoqda.

Tarkibdagi o'zgarishlar xususida to'xtaladigan bo'lsak, birinchi bosqich tayyorgarligida murabbiylar shtabi asosan yoshlarni sinovdan o'tkazishni maqul topgan. “Neftchi”dan Izzat G'aniev bilan birga Sardor Qulmatov emas balki Saydullo Rahmatov qo'shilganligini keyinroq malum bo'ldi. Ulardan tashqari yakuniga etgan mavsumda Kosonning “Alanga” jamoasi sharafini himoya qilgan darvozabon Azamat Ahmedov va himoyachi Sarvar Xolmurodov ham ayni damda “Qo'qon-1912” mashg'ulotlarida ishtirok etayotganini qayd etish lozim.

Huquqiy jihatdan "Neftchi"ga tegishli bo'lgan  Abdullajon Mirzaev ayni damda farg'onaliklarning o'quv-yig'in mashg'ulotlarida ishtirok etayotgani to'g'risida malumotlar bor. Qolaversa Doniyor Usmonov ham "Lokomotiv"ga qaytib ketgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика