So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  2 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  4 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

"Qo'qon-1912": Jamshid Hasanov keldi, Otabek Zokirov ketdi Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Jamshid Hasanov keldi, Otabek Zokirov ketdi

Ikkinchi yig'in boshlanganiga ham bir haftadan oshiq vaqt bo'lib qoldi. Bu davr oralig'ida jamoamiz azolari mashg'ulotlarda astoydil ter tukish bilan birga nazorat uchrashuvida ham ishtirok etishga ulgurishdi.

Futbolchilari kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazilayotgani takidlash joiz. Tarkibdagi o'zgarishlarga kelsak, safga yana bir yangi o'yinchi kelib qo'shildi.  O'tgan mavsumni Muborakning “Mashal” jamoasi o'tkazgan Jamshid Hasanov tarkibga kelib qo'shildi. Ushbu yarim himoyachi bilan jamoa o'rtasida bir yillik bitim imzolandi.

SHuningdek mashg'ulotlarga yoshlar tarkibidan Doston Meliqo'ziev hamda Abror Rahmonovlar ham jalb qilindi. Bu esa jamoada yosh futbolchilarga bo'lgan etibor yuqori ekanligidan dalolat beradi.


Javohir Sidiqov salomatligini tiklab mashg'ulotlarga astoydil kirishdi.

Aytgancha, jamoa Otabek Zokirov bilan do'stona xayrlashdi. Otabek Navoiyning “Qizilqum” jamoasiga borib qo'shildi. Ketishidan oldin Otabek Zokirov jamoa rahbariyatiga va muxlislarga o'zining cheksiz minnatdorchiligini izhor qilishimizni iltimos qildi.

Biz ham o'z navbatida Otabek Zokirovning kelgusi faoliyatida omad tilab qolamiz.



SHuningdek, Jamoa navbatdagi nazorat uchrashuvini 14 yanvar kuni Bekobodning “Metallurg” jamoasiga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda o'tkaziladi. O'yinning boshlanish vaqti soat 12:00 ga belgilangan.

Eslatib o'tamiz, "Qo'qon-1912" 8 yanvar kuni birinchi o'rtoqlik uchrashuvida “Paxtakor”ga qarshi maydonga tushib, 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchrashgandi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика