"Qo'qon-1912" barcha qarzlaridan qutuldi
26 noy 2022 18:39
Yangiliklar
"Yangi mavsumga tayyogarlik ko'rishdan avval "Qo'qon-1912" jamoasi o'tgan mavsumdagi qarzdorliklarni bartaraf qildi.
O'tgan mavsumdagi moliyaviy muammolar sababli jamoaning qarzlari ancha ko'payib va to'planib qolgan edi. Bugungi kunga kelib jamoa barcha hamkorlari, sport kiyimlari etkazib beruvchi kompaniya, mehmonxonalar, transport xizmati ko'rsatuvchi tashkilotlar, xullas, barcha xizmat ko'rsatuvchi hamkorlar bilan to'liq hisob-kitob qildi.
SHuningdek, jamoada faoliyat olib borayotgan ishchi xodimlar, murabbiy va futbolchilar oldidagi bu yilgi qarzdorliklar bartaraf qilindi. Faqat ayrim futbolchilarning hisob-kitoblariga biroz aniqlik kiritilmaganligi sababli qarzdorlik mavjud bo'lib turibdi. SHu kunlarda jamoa rahbariyati jamoamizdan haqdor bo'lgan futbolchilar bilan ham o'zaro hisob-kitoblarini yakunlaydi. "SHunqorlar" rahbariyati yangi mavsumga tayyorgarlikni hech qanday qarzdorliksiz boshlashni maqsad qilgan", – deyiladi xabarda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar