So’nggi yangiliklar

22:38Эрон терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан ўтказган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 22:19Дисквалификация муддати қисқарган Поль Погбанинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:38Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" машғулот базасида баланд девор қурдирди. У машғулотларини бегона кўзлардан беркитмоқчи  6 21:10Жозе Моуринью Арда Гюлерни жамоасига олиб келмоқчи  4 20:47Россия термаси октябрь ойидаги ФИФА кунларида ўйин ўтказмайди. Ўйинчилар очиқ машғулот ўтказиб, клубларига қайтишади  8 20:21Расман: "Сўғдиёна" жамоанинг асосий ўйинчиси билан шартномани узайтирди  4 19:56Англия футбол ассоциацияси Пакетани футболдан умрбод четлатишга чақирмоқда  4 19:31Шайхлар "Сент-Жеймс Парк" стадионини реконструкция қилиш учун 1 млрд фунт сармоя киритади  1 19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  1 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  23 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   9 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  5 17:39ПСЖда можаро: футболчилар Луис Энрикенинг тактикасидан норози  1 17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  49 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  10

"Qo'qon-1912": Ayollar jamoamiz navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazdi Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Ayollar jamoamiz navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazdi

Teglar :  Qo'qon-1912
Mirsaid Mirolimov boshchilik qilayotgan ayollar jamoamiz yangi mavsumga tayyorgarlikni qizg'in tarzda olib bormoqdalar.

Kecha qizlarimiz navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga tushdilar.

Bu galgi raqibimiz Quvasoyning "Cementchi"  jamoasi qizlari bo'ldi. Marg'ilon shahrida bo'lib o'tgan bahsda Quvasoyliklar 2-1 hisobida g'alaba qozonishdi. Do'stona o'tgan bahsda hisobni dastavval "Cementchi" qizlari ochishdi. Raqiblarimiz tepgan to'p himoyachimizga tegib "rikoshet" holatida darvozamizdan joy oldi. 1-taym yakuniga etmasdan Quvasoyliklar ikkinchi marta darvozamizni ishg'ol qilishdi.

2-taymni jamoamiz ancha faol  o'tkazdi. Natijada uchrashuvning 65-daqiqasida Gulirano Hasanova hisobni qisqartirdi.
Qolgan daqiqalarda ham futbolchi qizlarimiz raqib darvozasi oldida bir qancha xavfli vaziyatlarni yaratishdi. Biroq hisobni ijobiy tomonga o'zgartirish uchun xujumlarimiz yakunida aniqlik etishmadi.

SHu tariqa uchrashuv 2-1 hisobida "Cementchi" qizlarining g'alabasi bilan yakunlandi.  

Nazorat uchrashuvi. Marg'ilon shaxar “Mexnat” o'yingoxi.
“Cementchi ”(ayollar) -  “Qo'qon-1912”(ayollar)  2-1
Gollar: 
Avtogol (25), Zarina Nematova (35),- Gulirano Xasanova (65)

“Cementchi ”(ayollar): Madinabonu Yusupova, Moxidil Alyorjonova, Guli Raximova, Zarina Nematova, Saidaxon Mirzaraximova, Diana Rashkova, Aziza Kamilova, Esenie Ezden, Sevdidaxon Mo'ydinova, Odina Umarjonova, Durdona Olimova,

Zaxira: Sarvinozxon Xolmurodova, Dilafruz Mamanazarova, SHaxribonu Maxmudova, Angilina Kotova, Ochiloy Tursunova, Muxlisa Mo'minova, Qizlarxon Ibroximova, Gulyora Xolmirzaeva, Maftuna Marupova

 “Qo'qon-1912-”(ayollar): Dilbar Ulkanbaeva, Gulzoda Gulomkodirova,Munavara Nizamjonova, Sanobar Erkinova, Zumrad Toshtemirova, Maftuna Oxunova, Vazira Mirzakamolova, SHoxsanam Mashrapova, SHoxsanam Orifjonova, Nozima Ganieva, Dilshoda Nibijonova

Zaxira: IrodaTulanova, Namuna Juraeva, Solixabonu Ismailova, SHaxzoda Omonova, Gulirano Xasanova, Maftuna Juraeva, Fotima Yusupova, Durdona Gulomova, Musaeva Oygul




Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика