So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  1 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  2 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

"Qo'qon-1912": 2017 yilda kimda nechta gol bor? Yangiliklar

"Qo'qon-1912": 2017 yilda kimda nechta gol bor?

Teglar :  Qo'qon-1912
Mavsum yakunlariga doir malumotlarni davom ettiramiz.

Bugungi maqolamizda chempionat davomida raqiblar darvozasiga to'p kiritgan futbolchilarimiz xususida so'z yuritamiz.

Akramovdan Sidorovgacha

Joriy mavsumda futbolchilar raqiblar darvozasiga 42 ta gol urishdi. (Birinchi davrada 23 ta, ikkinchi davrada 19 ta). Bu esa so'nggi uch yildagi eng yaxshi ko'rsatkichdir. Jamoaning mavsum-2017dagi birinchi golini Bahodir Akramov kiritdi. Oliy liga 1-tur doirasidagi Qo'qonda kechgan “Nasaf”ga qarshi o'yinda yarim himoyachi o'zini ko'rsatgandi. Ammo ushbu gol futbolchilarni mag'lubiyatdan qutqara olmagandi.

Mavsumdagi so'nggi gol muallifi – Andrey Sidorov bo'ldi. Yosh hujumchi jamoadagi birinchi golini 30-turda kiritdi. Eng qizig'i, mazkur bahsda ham futbolchilar “Olmaliq”qa imkoniyatni boy berishdi.

Eng ko'p gol Berdievda

Jamoaning bu yilgi mavsumdagi to'purari Suhrob Berdiev bo'ldi. Ushbu futbolchi 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 11 ta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. Suhrob birinchi davrada 6 ta gol urganini ham aytib o'tish joiz.

Serbiyalik hujumchi Filip Rayevac hisobida 7 ta gol bor. Filip gollarning 6 tasini birinchi davrada kiritgan. Mavsum davomida ushbu hujumchi 28 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Jamoa sardori Nosir Otaqo'ziev hisobidagi gollar soni 6 tani tashkil etadi. Tajribali hujumchi bu yil 23 ta o'yinda ishtirok etdi.

“Qo'qon-1912” yuragiga aylangan Murod Xolmuhammedov ham mavsum davomida raqiblarini 6 marta ranjitdi.  Bu himoyachi uchun juda yaxshi natijadir. Xolmuhammedov mavsumda 29 ta uchrashuv o'tkazdi.

Qo'qonlik futbol muxlislarining yana bir yoqimtoyi – Javohir Sidiqov ham mavsumni sermahsul o'tkazdi, deyish mumkin. Iqtidorli yarim himoyachi raqiblar darovzasini 5 marta aniq nishonga olgan. Sidiqov 25 ta o'yinda maydonga tushgan. Yana bir qiziq jihati shundaki, Javohir to'rtta golni ikkinchi davrada kiritgan.

SHuningdek, Darko Gojkovich hisobida 3 ta gol bor. Akmal Xolmurodov, Bahodir Akramov, Quvondiq Ro'ziev va Andrey Sidorovlar esa raqiblarni bir martadan ranjitishgan.

Yubiley gol

Ushbu mavsumda “Qo'qon-1912” jamoasi Oliy liga tarixidagi 500-golini kiritdi. Jamoaning navbatdagi yubiley goliga Murod Xolmuhammedov mualliflik qildi. “Buxoro”ga qarshi safarda o'tgan uchrashuvda ushbu tarixiy voqea sodir bo'ldi.

 
Gollar taqsimoti:

Suhrob Berdiev – 11
Filip Rayevac – 7
Nosir Otaqo'ziev – 6
Murod Xolmuhammedov – 6
Javohir Sidiqov – 5
Darko Gojkovich – 3
Akmal Xolmurodov – 1
Bahodir Akramov – 1
Quvondiq Ro'ziev – 1
Andrey Sidorov – 1

Jami gollar: 42 ta

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика