So’nggi yangiliklar

23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 23:00ЕЧЛ. "Ньюкасл" - "Барселона" ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  5 22:44ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи". Абдуқодир Ҳусанов асосий таркибда!  16 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  14 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  4 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  4 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  2 19:52"Манчестер Юнайтед"да Аморим ўрнига янги номзод маълум бўлди  6 19:28Тимур Кападзе Хитой терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  61 19:05"Вест Хэм" Поттер ўрнига Лэмпардни тайинлаши мумкин. Ҳозирда мутахассис Чемпионшипнинг "Ковентри" клубида ишламоқда  0 18:41Слот Исакнинг ўйинига баҳо берди  3

Qoidalar qog'ozda qolib ketmasin Yangiliklar

Qoidalar qog'ozda qolib ketmasin

Mana, hash-pash deguncha Superliganing birinchi davrasini yakunlab oldik.

Bundan 2 oy oldin qilingan xavotirlar asossiz bo'lib chiqdi, mavsumni yakunlash haqida gapirganlarning so'zlari allaqachon unutildi. SHukr, vaziyat asta-sekin o'nglanmoqda. 

Barcha O'zPFL rahbariyatida ro'y berishi kutilayotgan o'zgarishni muhokama qilib turgan paytda namanganlik muxlislar o'rtaga chiqib, bor etiborni o'zlariga tortishdi

Xabaringiz bor, musobaqaning birinchi restartidan oldin, 30 may kuni "COVID-19 pandemiyasi davrida cheklash tadbirlarini qo'llanishi sharoitida professional futbol mashg'ulotlari hamda musobaqalarini tashkil qilish to'g'risidagi vaqtinchalik sanitariya-gigiena qoida va meyorlari" elon qilingan edi

PFLning maxsus tartibi haqidagi bayonnomada shunday bandlar bor: 

4.24. Respublika maxsus komissiyasi ruxsat berguniga qadar uchrashuvlar tomoshabinlarsiz o'tkaziladi. 

6.1. Mazkur qoidalarga amal qilmagan, ko'rsatilgan talablarni bajarmagan futbol klublar yoki ularning personallari javobgarlikka tortiladi. 

6.3. Stadion atrofida tomoshabinlar va boshqa shaxslarning to'planishi mumkin emas.

Yani biz musobaqalarni o'tkazishda nemischa yo'lni tanladik. Bir necha kun avval Germaniya kancleri Angela Merkel va federaciya premer-ministri oktyabr oyi oxiriga qadar futbol o'yinlarining muxlislarsiz o'tishini malum qildi. Bu qarorni xuddi bizda bo'lgani kabi pandemiya davrida muxlislar xavfsizligini taminlash maqsadida ko'rilgan ehtiyot chorasi sifatida qabul qilish mumkin. 

Xo'sh, farqli yo'lni tanlaganlar ham bormi?

Vetnam. Bu mamlakat pandemiya davrida futbol o'yinlariga muxlislarni kirintgan birinchisi bo'ldi (25 may). Vetnamdagi vaziyat koronavirus bilan bog'liq barcha cheklovlarni bekor qilishga asos bo'la olgan edi.

Rossiya. May oyining oxirida Rospotrebnadzor (Istemolchilarning huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish federal xizmati) RPL bilan 21 iyundan uchrashuvlarni ishqibozlar bilan o'tkazish to'g'risida kelishib oldi. Vetnamdan farqli ravishda ehtiyot chorasi sifatida stadion tribunalalarining faqat 10 % qismigina to'lishiga ruxsat berildi, yani oltin o'rtalik tanlandi.

Bizda esa yuqorida aytilganidek, uchrashuvlar tomoshabinlarsiz o'tkazilishi belgilangan. Namangandagi o'yinni esa bir qator muxlislar bevosita stadionning o'zidan kuzatib borishdi. Ularni ham tushunamiz, jamoa haqida qayg'urishadi. Umuman olganda, qatiy karantin choralari ko'rilgan paytda ham stadion tashqarisidan turib "Navbahor"ni qo'llab-quvvatlagan fidoiy ishqibozlarning bugun o'yingohga tashrifi men uchun kutilmagan holat bo'lmadi. Gap shundaki, amaldagi qoidalar bo'yicha bu mumkin emas va uchrashuv komissari Aleksandr Davidenko iroda ko'rsatishi kerak edi. Har holda qoidalar oldida barcha teng bo'lsa kerak, deb o'ylaydigan va "Buxoro" — AGMK bahsini TV orqali tomosha qilgan allaqaysi muxlisning xafsalasi pir bo'lgani aniq. 

SHunday ekan, sanitariya qoidalarining 4.24. bandida belgilanganidek, Respublika maxsus komissiyasi bilan maslahatlashgan holda Rossiya yoki Vetnam tanlagan yo'lni amalga tadbiq qilish kerak. Yo'q, nemischa yo'l maqul ko'rilsa, qoidalar qog'ozlarda qolib ketmasin!

Malumot uchun, O'zbekistonda 5 sentyabrdan teatr, kinoteatr, attrakcionli bog'lar faoliyatiga va juma namozlari o'qilishiga ruxsat etiladi, yo'nalishli taksilar faoliyati qayta tiklanadi, bolalar bog'chalari qayta ochilishiga ruxsat etiladi. Ko'chadagi holatni hammamiz ko'rib turibmiz. Ayni paytda kishilarning stadionga tashrifini taqiqlash dengizga tushib, ho'l bo'lmaslikka urinishdir. Umid qilamizki, bu boradagi yakuniy qaror tez orada qabul qilinadi.

Qadrli muxlis, siz qanday fikrdasiz?

Muallif :
Reyting: -26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика