So’nggi yangiliklar

17:04Франк Рибери бу йил "Олтин тўп"га ким муносиб эканлигини айтди  2 16:31Роберто Карлосга Одил Аҳмедов ва "Реал" ҳақида савол берилди  0 16:16Фабио Каннаваро: "Айни пайтда ҳимоячининг ваколат доираси кенгайган"  0 15:52Эрон CAFA мусобақасида иштирок этадиган футболчилар рўйхатини эълон қилди  7 15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  5 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Таҳлил – футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  2 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  3 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  5 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4

"Qizilqum" "So'g'diyona" bilan o'yinning so'nggi soniyalarida g'alabani qo'ldan chiqardi Yangiliklar

"Qizilqum" "So'g'diyona" bilan o'yinning so'nggi soniyalarida g'alabani qo'ldan chiqardi

Teglar :  So'g'diyonaQizilqum
Superliganing 28-turidan o'rin olgan “Qizilqum” – “So'g'diyona” uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH


O'yin boshlandi. 23-daqiqada "So'g'diyona" himoyachilarining qo'pol xatosidan unumli foydalangan Artur Gevorkyan o'yinda hisobni ochdi - 1:0. 

28-daqiqada jizzaxliklarning xavfli hujumi. Oybek Nurmatov deyarli birga bir vaziyatga chiqib borayotganida markaziy himoyachi Fayzulla Qambarov raqib futbolchisiga zarba berishga imkon bermadi.

31-daqiqada Oybek Nurmatov birga bir vaziyatga chiqib bordi va darvozabonni aldab o'tib, muvozanatni tikladi - 1:1. 

63-daqiqada Elguja Grigalashvili chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va uzoq burchakka aylanma zarba yo'lladi. Noaniq.

83-daqiqada Artur Gevorkyan jarima to'pini qoyilmaqom tarzda darvozaga yo'lladi - 2:1. 

90+3-daqiqada Darvidas Sernas hisobni tenglashtirdi - 2:2.


Superliga / 28-tur
31 oktyabr, chorshanba
“QIZILQUM” – “SO'G'DIYONA” 2:2
Hakamlar
: Ravshan Ermatov, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov, Komil Rasulov.
Nazoratchi: Marat Ismoilov.
Komissar: Laziz Qo'chqorov.

Gollar: Artur Gevorkyan 23, - 1:0. Oybek Nurmatov 31, - 1:1. Artur Gevorkyan 83, - 2:1. Darvidas Sernas 90+3, - 2:2.

“Qizilqum”: Evgeniy CHeremesin, Erkin Boydullaev(s), Alisher Sanoev (Samandar SHodmonov, 85), Fayzulla Qambarov, Artur Gevorkyan, Muxsin Ubaydullaev, SHerali Jo'raev, Elguja Grigalashvilli, Eldor Boymatov, Ivan Nagaev, Salim Mustafoev
Zaxira: Erkin Jabborov, Giorgi Kvesieshvilli, Akmal Rustamov, Xumoyun Abdualimov, Doniyor Usmonov, Mirjalol Qosimov, Nemanya Yovanovich, Bekzod G'anijonov

“So'g'diyona”: Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Elyor Orifov (s), Sardorbek Azimov (Izzatilla Abdullaev, 68), SHoxruz Norxonov, SHaxboz Jo'rabekov, Toxir SHamshitdinov (Siroj Meliev, 41), Oybek Nurmatov (Darvidas Sernas, 90), Nikola Milinkovich, Nuriddin Hasanov, Nurillo To'xtasinov
Zaxira: SHirinboy Abdullaev,  Saxob Rashidov, Sanjar Rashidov,  Ruslan Melziddinov, Ixtiyor Toshpo'latov

Ogohlantirishlar: Sardor Azimov 10, Nikola Milinkovich 58, SHohruz Norxonov 76,


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика