So’nggi yangiliklar

23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  0 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  0 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  0 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  0 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  5 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" – "Нефтчи" 0:1   1 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  0 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00ЕЧЛ. "Қайрат" - "Реал" баҳси асосий таркиблари маълум!  55 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  38 20:56Суперлига. "Машъал" бир киши кам "Бухоро"ни мағлуб эта олмади  16 20:25"Ал Аҳли" устози: "Ультрас" бизга ҳеч қандай босим ўтказмайди. Бундай мухлислар кўз ўнгида футбол ўйнаш ёқимли"  11 19:48Гвардиола "Манчестер Сити" футболчисининг "Реал"га ўтишига тўсқинлик қилган  4 19:20ЎФА нега жим?  12

"Qizilqum": Mashg'ulotlar Farg'onada davom etmoqda Yangiliklar

"Qizilqum": Mashg'ulotlar Farg'onada davom etmoqda

Avval xabar qilganimizdek, Navoiyning “Qizilqum” jamoasi azolari yangi mavsumga tayyorgarlikni Farg'ona shahrida davom ettirishmoqda.

Bosh menejer Hamidjon Aktamov rahbarligida kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar olib borilyapti. “Istiqlol” sport majmuasida uyushtirilayotgan mashg'ulotlarda murabbiylar Yuriy Lukin, Akmal Xoliqovlar o'ttiz nafarga yaqin futbolchini ko'rikdan o'tkazishyapti.

- O'zbekiston XXV milliy chempionati bahslari boshlanishiga tobora oz fursat qolmoqda, - deydi“Qizilqum” PFK bosh menejeri Hamidjon G'ulomovich. - Ikki bosqichda Navoiy shahrida tashkil etilgan o'quv-mashg'ulot yig'inida ko'proq futbolchilarimizning jismoniy tiklanishiga etibor qaratildi. Endi esa ko'proq sinov-nazorat uchrashuvlarida maydonga tushishga harakat qilamiz. Bu jamoa o'yin uslubini shakllantirish bilan birgalikda tarkibga yangi qo'shilayotgan yigitlarni ko'rikdan o'tkazishimizda juda asqotadi.

Yangi mavsum oldidan jamoa tarkibini deyarli to'liq saqlab qolishga harakat qildik. O'tgan mavsumda ijara asosida "Qizilqum" da o'ynagan Navro'zbek Alimov (“Paxtakor”) o'z jamoasiga qaytib ketgan. Yosh darvozabonimiz Dilshod Hamroev “Bunyodkor” jamoasida o'z omadini sinab ko'rish istagani bildirdi. Yarim himoyachi Farrux Haydarov ham hozirda boshqa jamoada ko'rikdan o'tmoqda. Faxriy futbolchilardan biri Asqarjon Muhiddinov oxirgi mavsumni jarohat bilan yakunladi. U futbolchilik faoliyatini tugatish arafasida.

Oxirgi mavsumning birinchi davrasida hujumchi Bahriddin Vahobov bilan o'ziga xos tandem hosil qilgan ukrainalik Vyacheslav SHevchenkoning tarkibimizga qo'shilgani bizni xursand qildi. SHuningdek, Alisher Yusupov, Ilhom Yunusov (“Nasaf”), Samandar SHodmonov (“SHo'rtan”)larning yangi mavsumda jamoamizga  yordami tegishidan umidvormiz. Jamoamizda selekciya ishlari davom etmoqda. Farg'onadagi yig'in davomida mashg'ulotlarda murabbiylarimiz yana bir qator yangi o'yinchilarni ko'rikdan o'tkazishni rejalashtirishgan.

Eslatib o'tamiz, “Qizilqum” futbolchilari 26 yanvar kuni “Andijon” jamoasi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazadi. Bu o'yin soat 15.00 da Farg'onadagi “Markaziy” stadionda boshlanadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика