So’nggi yangiliklar

01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  0 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  13 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   34 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  221 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15

​​"Qizilqum" klub faoliyatida hamda stadionda aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etdi Yangiliklar

​​"Qizilqum" klub faoliyatida hamda stadionda aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etdi

O'zbekiston futbol associaciyasi va Professional futbol ligasi tomonidan Superliga hamda Pro-Liga 2018 mavsumida ishtirok etuvchi futbol klublari faoliyatini yanada rivojlantirish uchun reglament asosida aniq talablar ishlab chiqilgan edi.

Biroq o'tgan davr mobaynida o'tkazilgan tekshiruvlar natijasida ayrim klublar ish faoliyati hamda stadionlarida bazi bir kamchiliklar aniqlandi hamda Superligada va Pro-Ligada yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanib, mazkur kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha klublarga tavsiya hamda topshiriqlar berilgan edi.

Iyul oyidan etiboran dastlab Superliga, keyin esa Pro-Liga ishtirokchi klublarida PFLning maxsus ishchi guruhi amalga oshirilgan ishlarni ko'zdan kechirishni boshladi. Dastlab ishchi guruh "Metallurg" hamda "So'g'diyona" jamoalarida kamchiliklarni barataraf etish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishgandi.

Bugun O'zPFL Sport bo'limining sport inshootlari bo'yicha bosh mutaxassisi Laziz Qo'chqorov boshchiligidagi guruh Navoiyning "Qizilqum" klubida qilingan ishlarni ko'zdan kechirdi. "Qizilqum" klubi 1 iyulga qadar stadionning ichki va tashqi ko'rinishini tubdan yaxshilash, stadion yoritish tizimini 1500 lyuksgacha kuchaytirish, stadion chimi holatini yaxshilash, 2018 yil oxiriga qadar teletranslyaciyalar futbolchilar chiqib keladigan va murabbiylar joy oladigan frontga qarama-qarshi tomondan amalga oshirilishi bo'yicha MTRK mutaxassislari bilan maslahatlashish, futbolchilarni zaxiraga olish va chiqarish uchun elektron tablo olish, stadion tablosini zamonaviysiga o'zgartirish, legionerlar oldidagi qarzdorlikni to'liq bartaraf etish va akademiya qurilishi borasidagi ishchi rejasini PFLga taqdim etish bo'yicha topshiriqlar olgan edi.



Belgilangan muddat ichida "Qizilqum" klubida salmoqli ishlar bajarilgani malum bo'ldi. Jamoa o'z o'yinlarini o'tkazadigan "Yoshlar" sport majmuasi maydoni holatini yaxshilash bo'yicha maxsus guruh ish olib bormoqda. CHimning holati hozirgi vaqtga kelib ancha yaxshilangan. SHuningdek, o'yinchilarni almashtirish uchun yangi zamonaviy elektron tablo harid qilindi. Qolaversa, stadionning katta tablosi ham yangilanmoqda. Tez orada stadionga 768x384 o'lchamda yangi LED tablo o'rnatiladi. Yoritish tizimi ham standartlarga javob beradigan darajaga etkazildi.

Qolaversa, "Qizilqum" klubi legionerlar oldidagi mavjud bo'lgan qarzdorlikdan butunlay qutildi. Yana klub akademiyasini barpo etish bo'yicha loyiha tayyorlanib, tasdiqlash uchun taqdim etildi. Akademiya loyihasi tasdiqlangach, yil so'nggiga qadar akademiya qurilish ishlari boshlab yuboriladi.



P.S.: PFLning maxsus ishchi guruhi kamchiliklar aniqlangan barcha Superliga hamda Pro-Liga klublarini to'liq tekshiruvdan o'tkazadi va tekshiruv natijalari PFL rasmiy saytida elon qilib boriladi.

Reyting: -42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика