So’nggi yangiliklar

18:00Про лига. "Локомотив" ва "Жайхун" ўзаро куч синашмоқда (онлайн ҳисоб)  0 17:45"Сурхон" - "Насаф". Таркиблар маълум  3 17:40АПЛ. "Манчестер Сити" "Этихад"да "Тоттенхэм"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  21 17:06Испания футболи тарихида илк маротаба эркак ўйинчи туғруқ таътили олиши мумкин  1 16:38Эзе "Арсенал" билан шартнома имзолади  0 16:12"Ал Насср" — "Ал Аҳли". Саудия Арабистони Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  5 15:32Суперлига. "Андижон" тарихда илк бор ўз майдонида 6 та гол ўтказди, рекорд эса МҲСКга тегишли  3 15:17Ўзбекистон кубоги. "Динамо" — "Шўртан" ўйини 27 август куни ўтказилади  0 14:50Гвардиола "Тоттенхэм"га қарши қандай ўйнашни билмайди. Бугун "Ман Сити" "Тоттенхэм"ни меҳмон қилади   2 14:23Ўзбекистон терма жамоасининг "CAFA Nations Cup-2025" учун қайдномаси маълум  27 14:10Тожикистон "CAFA Nations Cup 2025" учун қайдномасини эълон қилди, унда Суперлигада ўйнайдиган футболчилар ҳам бор  2 13:458 та гол урилган "Андижон" — "Пахтакор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:19Руминия клубидан 94 очко олиб ташланди  14 12:58Қирғиз Республикаси бош мураббийи: "Ўзбекистон қандай даражада эканлигини ҳамма билади"  3 12:37Ўзбекистон ЖЧ-2026даги рақибларини қачон билиб олади? Сунъий интеллект Суперлигада ким чемпион бўлишини айтди – 22 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   1

"Qizilqum": Georgiy Mikaberidzega javob berildi Yangiliklar

"Qizilqum": Georgiy Mikaberidzega javob berildi

SHu kunlarda poytaxtimizda ikkinchi davraga hozirlik ko'rayotgan Navoiyning “Qizilqum” jamoasi navbatdagi sinov uchrashuvini o'tkazdi.
Konchilarning bu galgi raqibi Toshkentning “Bunyodkor” yoshlari bo'ldi.

Uchrashuvda navoiyliklar bosh murabbiyi Yuriy Lukin quyidagi futbolchilarni maydonga tushirdi:

Artyom Makosin, Mirjalol Qurbonov, Asqarjon Muhiddinov, Georgiy Kvesieshvili, Akmal Rustamov, Alisher Sanoev, Azizbek Usmonov, Eldor Boymatov, Samandar SHodmonov, Ruslan Vagapov, Navro'zbek Alimov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Dilshod Hamroev, Fayzulla Qambarov, G'ayrat Jumaev, Akmal Xoliqov, Bobirjon Iskandarov, Sarvarjon Xolmatov, Alisher Xoliqov, Nodirbek SHahobiddinov, Bahodir Qosimov.
 
O'yinda konchilar katta tashabbusga ega bo'ldilar. Bu hisobda ham o'z aksini topdi. Dastlabki bo'limda Asqarjon Muhiddinov hisobni ochgan bo'lsa, tanaffusdan so'ng Alisher Xoliqov g'alabani mustahkamladi - 2:0.

Darvozabon Erkin Jabborov, yarim himoyachilar Jamshid SHohnazarov, SHerali Jo'raevlar shu kuni individual mashg'ulotlar o'tkazdilar.
 
Poytaxtdagi yig'inga kelib qo'shilgan gruziyalik yarim himoyachi Georgiy Mikaberidze (“Olimpi” Rustavi)ning o'yini murabbiylarga maqul kelmaganligi tufayli unga javob berib yuborildi.
 
Hujumchi Vladimir SHishelov yana bir necha kundan so'ng, yurtimizga qaytib keladi. SHuningdek, “Qizilqum” mashg'ulotlariga bugun-erta mahalliy va xorij klublaridan yana bir necha futbolchining kelib qo'shilishi kutilmoqda.
 
Rejaga ko'ra, navoiyliklar 18 iyul kuni navbatdagi sinov-nazorat uchrashuvini o'tkazadi. Unda “Qizilqum” futbolchilari “Buxoro” jamoasi bilan kuch sinashadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика