So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  0 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  14 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  5 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  168 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  54 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  9 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

“Qizilqum” futbol klubi bilan bog'liq o'zgarishlar haqida malumot Yangiliklar

“Qizilqum” futbol klubi bilan bog'liq o'zgarishlar haqida malumot

Teglar :  Qizilqum
Navoiy viloyati sharafini Superligada himoya qilib kelayotgan “Qizilqum” professional futbol klubi 2013 yil 26 sentyabrda Navoiy viloyati adliya boshqarmasidan muassasa tashkiliy huquqiy shaklidagi nodavlat notijorat tashkilot sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan.

Keyinchalik futbol klubi 2015 yil 8 iyun kuni Navoiy viloyati adliya boshqarmasidan jamoat birlashmasi tashkiliy huquqiy shakliga o'zgartirilib, qayta tashkil etildi. SHu kungacha mazkur klub Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan moliyalashtirilib kelinayotgan edi.

Endilikda Navoiy kon-metallurgiya kombinati viloyat futbolini yangi bosqichga olib chiqishga qaror qildi hamda o'z tasischiligida “PFK Qizilqum” MCHJ futbol klubini tashkil etib, uni 2022 yilning 10 yanvar kuni davlat ro'yxatidan o'tkazdi. Qo'shimchasiga, “Qizilqum” professional futbol klubi jamoat birlashmasi o'zining umumiy yig'ilishini o'tkazib, unda futbol klubining brendi, logotipi hamda Superligada ishtirok etish bilan bog'liq barcha huquq va majburiyatlarini “PFK Qizilqum” MCHJ futbol klubiga o'tkazishga rozilik berish to'g'risida qaror qabul qildi.

Ushbu qarorga asosan shu yilning 14 yanvar kuni “Qizilqum” professional futbol klubi jamoat birlashmasi hamda “PFK Qizilqum” MCHJ futbol klubi o'rtasida tegishli shartnoma imzolandi.

2022 yilning 4 fevral kuni “Qizilqum PFK” jamoat birlashmasini O'zbekiston Professional futbol ligasi qatnashchilari safidan chiqishi, uning o'rnidan Superliga musobaqasida o'zaro kelishuvga asosan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ tasischiligida tashkil etilgan “PFK Qizilqum” MCHJning ishtirok etishiga rozilik berilishi so'ralgan xat kelib tushdi. SHu bilan birga, “PFK Qizilqum” MCHJdan “Qizilqum” professional futbol klubi jamoat birlashmasi o'rnida Superliga musobaqasida ishtirok etishi uchun O'zbekiston Professional futbol ligasi qatnashchilari safiga qabul qilinishi so'rab yozilgan xat kelib tushgan. Xatda sobiq klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi mavjud bo'lgan jamoa azolari, ishchi-xodimlar, shu jumladan, futbolchi va murabbiylar “PFK Qizilqum” MCHJda faoliyatini davom ettirishi ko'rsatilgan.

O'zbekiston Professional futbol ligasi ustaviga muvofiq qatnashchilar safiga qabul qilish va ularni o'z arizasiga muvofiq liga qatnashchilari safidan chiqarish tashkilot Ijroiya qo'mitasi qaroriga asosan amalga oshirilishi belgilangan. SHu sababli mazkur masala ko'rib chiqish va qaror qabul qilish uchun O'zbekiston Professional futbol ligasi Ijroiya qo'mitasi yig'ilishi kun tartibiga kiritildi.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика