So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

"Qizilqum": Erkin Jabborov mashg'ulotlarga qo'shildi Yangiliklar

"Qizilqum": Erkin Jabborov mashg'ulotlarga qo'shildi

Xabaringiz bor, milliy chempionatimizda malum muddat tanaffus yuzaga kelgandi. Qisqa tatildan so'ng, "Qizilqum" jamoasi azolari 11 oktyabrdan yana o'z qarorgohlarida yig'ildilar.
Ayni chog'da bosh murabbiy Yuriy Lukin qo'l ostida futbolchilar Navoiydagi "So'g'diyona" stadioni va "Yoshlar" sport majmuasi yashil maydonlarida mashg'ulotlarni davom ettirishyapti.

Malumki, hozirda Dubayda milliy terma jamoamiz navbatdagi o'quv mashg'ulot yig'inini o'tkazmoqda. Hujumchimiz Navro'zbek Alimov mazkur yig'inda ishtirok etayotgan bo'lsa, yosh va umidli darvozabonimiz Dilshod Hamroev esa Myanmada yoshlar o'rtasida davom etayotgan Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.

Quvonarlisi, deyarli butun mavsumni jarohatini davolash bilan o'tkazgan mohir darvozabon Erkin Jabborov yana jamoaning umumiy mashg'ulotlariga qo'shildi.

- Jarohat - futbolchining asosiy dushmani sanaladi, - deydi Erkin Jabborov. - Bu yilgi chempionatda atigi bir o'yinda maydonga tushdim. Birinchi davrada jamoamizning Farg'onada "Neftchi"ga qarshi o'tkazgan uchrashuvidan so'ng, oyog'imdagi jarohat qayta bezovta qildi. Natijada Moskvada jarrohlik stoliga yotishga majbur bo'ldim. Futbolchi uchun o'z jamoasi o'yinlarini maydon tashqarisida turib kuzatish juda og'ir. SHukrki, hammasi ortda qoldi. Hozirgi holatim yomon emas. SHifokorlar umumiy mashg'ulotlarga qo'shilishimga ruxsat berishganidan xursandman. Murabbiylar imkon berishsa, qolgan uchrashuvlarda o'z jamoamga albatta yordam berishga harakat qilaman.

Eslatib o'tamiz, "Qizilqum" futbolchilari yigirma uchinchi turda Namanganda "Navbahor" jamoasi mehmoni bo'ladi. Uchrashuv 17 oktyabr kuni soat 17.00 da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика