So’nggi yangiliklar

00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  18 23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди.  2 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  0 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  13 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  1 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  1 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  12 20:40"Пахтакор" ўз уйига қайтган норасмий ўйинда "Олимпик"дан устун келди  5 20:09Азизбек Турғунбоев: "Эрондан алам оладиган вақт келди"  5 19:56Неъматов, Насруллаев, Норчаев ва Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  17 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  20 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   12 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  3 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  7

Qish yaqin: Yanvarda erkin agentga aylanadigan 10 nafar yulduz Yangiliklar

Qish yaqin: Yanvarda erkin agentga aylanadigan 10 nafar yulduz

Qishgi transferlar oynasi vaqtida klubi bilan shartnomasi yakunlanadigan 10 nafar mashhur futbolchilar ro'yxati bilan tanishing.


10. Sofian Feguli - "Valensiya"
Jazoirlik 25 yoshli futbolchi ayni paytda o'zining ajoyib o'yinlarini namoyish etmoqda. Malum bo'lishicha, futbolchiga "Manchester Yunayted" tomonidan jiddiy qiziqish bildirilmoqda.




9.Xatem Ben Arfa - "Nicca"
"Nicca" safida yorqin o'yin namoyish etayotgan Franciya terma jamoasi futbolchisiga yana ingliz klublari tomonidan qiziqish bildirilmoqda.




8.Esekel Lavessi - "Pari Sen-Jermen"
Braziliyadagi JCHdan so'ng o'yinlari biroz pasaygan Lavessidan haliyam nimadir kutsa bo'ladi.




7. Joel Matip - "SHalke-04"
24 yoshli futbolchi Germaniya chempionatida faoliyatini boshlagan va hozirgacha muntazam maydonga tushib kelmoqda. 192 sm bo'yga ega himoyachi istalgan jamoa himoyasini kuchaytira oladi.




6. Nikolya N'Kulu - "Marsel"
Kamerun terma jamoasi ham Franciya chempionatining kuchli markaziy himoyachilaridan biri hisoblanadi.




5.Ever Banega - "Sevilya"
"Sevilya" agar argentinalik futbolchi bilan shartnomasini uzaytirib olmasa uni tekinga boshqa jamoaga qo'yib yuborishga majbur bo'ladi.




4. Gregori Van der Vil - "Pari Sen-Jermen"
PSJ zaxira o'rindig'ida qolib ketayotgan gollandiyalik 27 yoshli futbolchi ham raqib hujumchilari uchun etarli boshog'riq bo'ladi.




3. Samir Xandanovich - "Inter"
Xandanovich dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri hisoblanadi. Ora-orada darvozabonning klubi bilan shartnomasini uzaytirishi mumkinligi haqida xabarlarga ko'zimiz tushib qoladi. Lekin, ko'rib turganingizdek posbon ro'yhatimizning uchinchi pog'onasidan o'rin olgan.




2. Xabi Alonso - "Bavariya"
Alonso "Bavariya"ning etakchi futbolchilaridan biri hisoblanadi. Lekin, nimagadir myunxenliklar Xabi bilan shartnomani uzaytirishga shoshilmayaptilar. Balki, bunga uning yoshi sababdir?




1. Zlatan Ibragimovich - "Pari Sen-Jermen"
34 yoshli Zlatan sayyoramizning eng kuchli hujumchilaridan biri hisoblanadi. Parijliklar bilan shartnomasi yakuniga etishi kutilayotgan shveciyalik futbolchi balki APLga yo'l olar...

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика