So’nggi yangiliklar

14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  1 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  1 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  5 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  3 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  13 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  0 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  2 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  2 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11

Qirg'iziston chempionatining 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisi "So'g'diyona"ga o'tdi Yangiliklar

Qirg'iziston chempionatining 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisi "So'g'diyona"ga o'tdi

Jizzaxning "So'g'diyona" klubi o'z tarkibiga Qirg'iziston terma jamoasi himoyachisi SHerzot SHakirovni qo'shib oldi.

Futbolchi "So'g'diyona" bilan 2+1 ko'rinishida tuzildi. Bu haqda Qirg'iziston FF rasmiy sayti xabar berdi.

Eslatib o'tamiz, SHakirov 2018 yilgi mavsumni Qo'chqor-Otaning "Neftchi" klubi safida o'ynab 28ta o'yinda 7ta gol urgan va chempionatning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

“Jamoaning Toshkentdagi yig'iniga borib qo'shilgan edim, murabbiylar shtabi bilan tanishdim, keyin jamoa bilan. Bu erda ahil va yaxshi kollektiv bor ekan, shu bois moslashish u qadar qiyin kechmadi.

Ayni paytda Turkiyada yig'in o'tkazayapmiz. 6 fevral kuni Serbiyaning “Bachka Palanka” klubi bilan 2:2 hisobida durang o'ynadik. Bu o'yinda 90 daqiqa o'ynadim. “So'g'diyona”ning yangi mavsumdagi maqsadi kuchli oltiikka kirish. O'zbekiston Superligasidagi raqobatga hisobga olsak bu juda yuqori maqsad. Asosiy tarkibning muqim azosiga aylanishga va jamoa oldiga qo'yilgan vazifani bajarishda yordam berishni xohlayman”, - deydi SHerzot SHakirov Qirg'iziston FF rasmiy saytiga.

Malumot uchun
SHerzot SHakirov
Tug'ilgan sana
: 18 noyabr 1990 yil
Ampluasi: Himoyachi
Bo'yi: 182 sm
So'nggi klubi: "Neftchi" Qo'chqor-ota (Qirg'iziston)
Qirg'iziston terma jamoasida: 14ta o'yin


Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика