So’nggi yangiliklar

17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қачон кириб келганини биласизми?  0 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  1 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  28 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  1 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  0 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  3 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  9 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  5 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  3

Qaysi jamoa chempion bo'lishi, qizil kartochkalar, belgilanmagan penalti - Mirjalol Qosimovning "Nasaf"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlari Yangiliklar

Qaysi jamoa chempion bo'lishi, qizil kartochkalar, belgilanmagan penalti - Mirjalol Qosimovning "Nasaf"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlari

Superliganing 16-turi doirasida "Nasaf" - AGMK (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida olmaliqliklar ustozi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirdi.


- Bu ikki jamoa uchun ham muhim o'yin edi. Ikkala jamoa ham g'alaba uchun maydonga tushgandi. Durang o'ynashdi. Ikkala bo'lim ham muxlislrbop jangovar futbol bo'ldi. "Nasaf" ham biz ham yutib ketishimiz mumkin bo'lgandi. Bunday o'yinlar bilan futbol yutadi.

- AGMK ochko oldimi yoki yo'qotdi?

- Boya aytganimdek, ikkala jamoa ham yutishi mumkin bo'lgandi. Bu futbol. Buni ortga qaytarib bo'lmaydi.

- Futbolchilaringiz oldiga qo'yilgan vazifani qanchalik darajada bajara oldi?

- Hali buni hisoblab chiqmadik. Bu ustida ishlaydigan taxlilchilar bor, kim qancha yugurdi, kim qancha to'p yo'qotdi. Hisoblashadi. Bunday o'yinlarda futbolchilar 100 foiz yugurishi kerak bo'ladi.

- AGMK mavsum boshida chempionlik haqida o'ylayotgandi. Biroq jamoa so'nggi o'yinlarning bir nechtasida mag'lub bo'ldi.

- Futbol qiziq narsa. Gapirsam bahona deysizlar. SHuning uchun indamay qo'ya qolay. "Olimpik" bilan qizil kartochkalar pand berdi. Birinchi turda qizil, "Olimpik" bilan qizil, keyin yana "Metallurg" bilan qizil kartochka. Birinchi bo'limdayoq 10 kishi bo'lib o'ynash juda qiyin. SHu sababdan bu bahona bo'lib qolishi kerak emas. Bu futbolning bir qismi. Undan tashqari, qisqa-qisqa tatillardan keyin o'yin ham chiqmay qoldi. "Olimpik" bilan o'yin, keyin "Nasaf"ga qarshi o'yinda 2:1 hisobida yutib turib, gol o'tkazib yubordik. "Navbahor" bilan ham yomon o'ynamadik. O'sha bahslarda ham g'alaba ishtiyoqida o'ynadik. SHu sababli hujumga berildik, bunday paytda himoya zaiflashadi. Nima ham derdik. Barchasi oldinda. Ochkolarni kuzda sanaymiz.

- Siz tajribali murabbiylardansiz. Ushbu mavsumda kim chempion bo'ladi deb o'ylaysiz?

- Bashorat berishni istamayman. Ammo chempionat tugaganidan keyin o'zimning fikrimni shaxsan o'zingizga aytaman. Ungacha hech kimga aytmayman.

- Belgilanmagan penalti haqida nima deysiz?

- Penalti yo'q edi. Buni 5 metrdan bosh hakam ham ko'rgani uchun xushtak chalmadi. 

Reyting: -24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика