So’nggi yangiliklar

13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  9 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  8 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  3 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  16 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24

Qatar U-20 termasi bosh murabbiyi: "Eronlik futbolchilar jismoniy taraflama kuchli" Yangiliklar

Qatar U-20 termasi bosh murabbiyi: "Eronlik futbolchilar jismoniy taraflama kuchli"

Qatar U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Inyaki Abadiya Osiyo Kubogi musobaqasi oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Janob murabbiy, sizning jamoangiz turnirga qanday tayyorgarlik ko'rdi?

- Hammaga hayrli kun, biz tayyorgarlikni yanvar oyidan beri davom ettirmoqdamiz. Hozir esa uni tugatib, O'zbekistonga tashrif buyurdik. Bizni bu erda juda iliq kutib olishdi.

- Eron terma jamoasi jismoniy jihatdan juda kuchli. Ularga qarshi kechadigan o'yinda qanday uslubda o'ynamoqchisizlar?

- Jamoamizda eng kuchli o'yinchilar yig'ilgan va ular har bir raqibga qarshi o'ynashga tayyor. O'rganishlar jarayonida Eron terma jamoasi futbolchilari jismoniy taraflama kuchli ekanligi guvohiga aylandim. Biz o'tkazgan yig'inlarimizda futbolchilarimning jismoniy holatini kuchaytirishga alohida etibor qaratdik.

- Qatarda ko'pchilik ushbu avloddan juda katta natijalar kutmoqda, chunki hozirgi avlod juda mahoratli va ajoyib o'yinchilarga ega. SHu tarkibdagi o'yinchilar turnirda o'zini ko'rsata oladimi va futbolchilar porlab chiqishini kutsak bo'ladimi?

- Bu jamoa avvalroq bor-yo'g'i bita katta turnirda ishtirok etgan. SHaxsiy kutayotgan natijalarim – futbolchilar har bir uchrashuvda o'zlarining yaxshi o'yinini namoyish etishlari kerak va har bir uchrashuvdan so'ng natijalarni ko'raveramiz.

- Asosiy tarkibda jarohatlangan o'yinchilar bormi?

- Barcha futbolchilarimiz ertaga bo'lib o'tadigan uchrashuvga tayyor.

- Qatar terma jamoasining musobaqadagi maqsadi qanday, aniqrog'i, terma jamoa uchun natija muhimmi yoki o'yinchilar tajriba orttirishimi?

- Qatar terma jamoasida aniq tizim bor. Barcha yosh toifasidagi terma jamoalar bosh termaga eng yaxshi o'yinchilarni etkazib berishni maqsad qilgan va U-20 terma jamoasi ham bundan mustasno emas. Biz katta tizimning bir qismimiz, lekin natija ham biz uchun muhim rol o'ynaydi.

"B" guruhi doirasidagi Qatar – Eron uchrashuvi ertaga Farg'onadagi "Istiqlol" o'yingohida 19:00 da start oladi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика