So’nggi yangiliklar

18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:43Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон". Таркиблар маълум  3 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  0 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  2 17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК 0:0 (матнли трансляция)  3 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  11 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  14 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  7

Qatar o'zbekistonliklarni kutib olmoqda. Kecha hakamlarimiz etib kelishdi, bugun esa Kapadze jamoasi Dohaga keladi Yangiliklar

Qatar o'zbekistonliklarni kutib olmoqda. Kecha hakamlarimiz etib kelishdi, bugun esa Kapadze jamoasi Dohaga keladi

Xabaringiz bor, 15 apreldan 3 mayga qadar Qatarda U-23 Osiyo kubogi bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqa Olimpiadaga yo'llanma beradi.

Kecha ana shu musobaqada faoliyat olib borish uchun Qatar poytaxti Dohaga etib keldim. Bu safar xizmat safarim biroz boshqacharoq o'tadi. Sababi, men bu gal OFK uchun rasmiy fotograf sifatida ishlayman. Kecha Dohaga Dubay orqali musobaqada ishlovchi o'zbekistonlik hakamlar bilan birga keldim. Demak, U-23 Osiyo kubogida O'zbekistondan Vladislav Ceytlin (hakamlar nazoratchisi), Rustam Lutfullin (bosh hakam), Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov (ikkisi yordamchi hakam) va Firdavs Norsafarov (VAR hakami)lar faoliyat olib borishadi. OFK delegaciyasi va hakamlar "SHeraton" (Sheraton Grand Doha Resort) mehmonxonasiga joylashishgan.

Timur Kapadze boshchiligidagi olimpiya terma jamoamiz esa Dohaga bugun Qatar vaqti bilan 16:05 (Toshkent vaqti bilan 18:05)da etib kelishadi. O'zbekiston U-23 terma jamoasi musobaqa davomida "City Centre Rotana Doha" mehmonxonasida istiqomat qilishadi. Bu mehmonxonaga shuningdek Xitoy U-23 terma jamoasi ham joylashadi.

O'zbekiston U-23 terma jamoasining guruh bosqichidagi taqvimi:

U-23 Osiyo kubogi

"D" guruhi, 1-tur

17.04.2024, 16:00 (Toshkent vaqti bilan 18:00).

O'zbekiston - Malayziya

"Xalifa Interneshnl stedium"

"D" guruhi, 2-tur

20.04.2024, 18:30 (Tosh. vaqti bilan 20:30).

Kuvayt - O'zbekiston

"Al Janub" stadioni

"D" guruhi, 3-tur

23.04.2024, 18:30 (Tosh. vaqti bilan 20:30).

O'zbekiston - Vetnam

"Xalifa Interneshnl stedium"


Championat.asia o'quvchilari uchun musobaqani yoritish maqsadida esa Jahongir Fayzullaev hamda Abdulvosit Bektemirov 16 aprel kuni Dohaga etib kelishadi. Musobaqada faoliyat olib boradigan barcha o'zbekistonliklarga omad va zafar yor bo'lishini tilab qolamiz. Futbolchilarimiz Olimpiada yo'llanmasi bilan, hakamlarimiz ijobiy baholar bilan, biz esa yaxshi kadrlar bilan ortga qaytaylik. Omad siz va bizni aslo tark etmasin!

U-23 Osiyo kubogining barcha guruhlari.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика