So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  3 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  4 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

Qatar futbol Associaciyasi prezidenti Toshkentga keldi Yangiliklar

Qatar futbol Associaciyasi prezidenti Toshkentga keldi

Bugun Qatar futbol associaciyasi prezidenti Hamid bin Xalifa bin Ahmad Al-Tani poytaxtimizga tashrif buyurdi.

Faxriy mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida MOQ prezidenti, O'zbekiston futbol associaciyasining birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov kutib oldi.

Martabali mehmonni qarshi olar ekan Umid Ahmadjonov Qatar futbol associaciyasi prezidentini mamlakat terma jamoasining Osiyo Kubogidagi muvaffaqiyati bilan samimiy muborakbod etdi.

Qatar futboli so'nggi yillarda jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Buni terma jamoa joriy yilgi Osiyo Kubogida g'alaba qozongani, 2022 yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qilishidan bilib olish qiyin emas.

Malumki, O'zbekiston va Qatar futbol associaciyalari o'rtasida o'zaro hamkorlik borasida memorandum imzolangan. Ushbu tashrif davomida ikki terma jamoaning asosiy va turli yosh toifalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvlari, hakamlar va murabbiylar uchun turli seminarlar tashkil qilish borasida kelishuvlar amalga oshishi kutilmoqda.

Har ikki associaciya rahbarlari ertaga MOFA (Markaziy Osiyo futbol associaciyasi) ning navbatdagi kongressida ishtirok etish uchun Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahriga jo'nab ketishadi.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика