Qatar biz uchun xatar EMAS!(mi?)
13 noy 15:55
Yangiliklar
Qatar biz uchun xatar EMAS!(mi?)
Qatar termasiga qarshi kechadigan bahs "Jassim bin Hamad" stadionida o'tkaziladi va bizning vaqt bilan 21:15da start oladi.
Ertangi o'yinga qiziqish katta. CHunki bu oyda ikkita uchrashuvda maydonga tushib, har ikkisida g'alaba qozonsak, 95 foizga Jahon chempionatidamiz deb baralla ayta olamiz. Lekin futbolchilar faqat shuni o'ylab maydonga tushishlari kerak emas. CHunki Srechko Katanec Toshkentdagi matbuot anjumanlaridan birida aytib o'tganidek, biror nimani haddan tashqari ko'p xohlash ham bazan zararga o'ynabqolishi mumkin.
To'g'ri, biz Jahon chempionatiga chiqishni juda xohlayapmiz, haddan tashqari desa ham bo'ladi. Buning uchun bor imkoniyat ishga solinyapti. Ammo haddan tashqari ko'proq xohlash futbolchilarga o'yin oldidan bosim bo'lib qolmasligi kerak. Muhimi, yigitlarimiz maydonga tushib chiroyli futbol o'ynab bersalar bas, natijasini vaqt ko'rsatadi.
SHubhasiz, ertangi o'yinda bizdan ko'ra Qatarda bosim ko'proq bo'ladi. Aytaylik, bizni durang ham qoniqtirishi mumkin. Lekin 7 ochko jamg'argan Qatarga kamida ikkinchi o'ringa ko'tarilib olish uchun g'alaba juda zarur. Qatar terma jamoasi shu paytgacha saralashda 4ta o'yin o'tkazib, faqat bir marta g'alaba qozondi. Jamoa o'z uyida Qirg'izistondan ustun keldi. Safarda KXDR bilan 2:2 o'ynagan qatarliklar uyda BAAga 1:3, so'ngra safarda Eronga 1:4 hisobida mag'lub bo'lishdi.
BAA va Erondan 7ta gol o'tkazib yuborish Qatar himoyasida muammolar borligini ko'rsatadi. SHunday ekan, biz ham bu jamoani mag'lub etishimiz uchun asosiy urg'uni hujumga qaratishimiz darkor. Qatar bilan himoyaviy o'ynab yaxshisiga umid qilish kerak emas. Bu jamoaga to'pni berib qo'yish ham to'g'ri bo'lmaydi. Qatarni yutish uchun birinchi navbatda ularga to'p bermaslik lozim. Va albatta hujumda juda agressiv o'ynashimizga to'g'ri keladi.
Hozircha imkoniyatlar teng
Qatar maydonida terma jamoamiz shu paytgacha 8ta uchrashuvda maydonga tushgan bo'lsa, shundan to'rttasi Jahon chempionati saralash bosqichiga to'g'ri keladi. Aynan JCH saralash o'yinlarining oxirgi ikkitasida 1:0 hisobida g'alaba qozonganmiz. 2012 yil Sanjar Tursunov, 2016 yil esa Egor Krimec terma jamoamizga g'alaba keltirgan gol muallifi bo'lgan.
Umuman olganda 8ta o'yindan uchtasida zafar quchib, ikki marta durang qayd etganmiz va yana 3ta bellashuvda mag'lub bo'lganmiz. Quyida shu o'yinlarni yodga olib o'tamiz.
28.09.2001. JCH-2002 saralash bosqichi
Qatar - O'zbekiston 2:2
Gollar: Muhammad Al Enazi, Xalifa Ahmad - Mirjalol Qosimov, Nikolay SHirshov.
O'zbekiston: Aleksey Polyakov, Sergey Lushchan, Asror Aliqulov, Davron Fayziev, Aleksandr Xvostunov, Andrey Vlasichev, Fevzi Davletov (Baxtiyor Hamidullaev 46), Nikolay SHirshov, Mirjalol Qosimov (Andrey Akopyanc, 74), Ulug'bek Baqoev (Abduqahhor Marufaliev, 30), Jafar Irismetov.
01.03.2006. Osiyo Kubogi-2007 saralash bosqichi
Qatar - O'zbekiston 2:1
Gollar: Odil Lami, Ali Solih Nasser - Muhammad Rajab (avtogol).
O'zbekiston: Evgeniy Safonov, Andrey Fedorov, Asror Aliqulov, Leonid Koshelev (Rinat Bayramov, 77), Viktor Karpenko (Anvar Soliev, 50), Vladislav Kiryan, Aleksandr Geynrix (Zafar Xolmurodov, 62), Aleksey Nikolaev, Timur Kapadze, Islom Inomov, Maksim SHackix.
06.09.2008. JCH-2010 saralash bosqichi
Qatar - O'zbekiston 3:0
Gollar: Siddiq Majdi, Muhammad Hasan, Talal Al Blushi.
O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Ilhom Suyunov, Baxtiyor Ashurmatov, Asror Aliqulov, Islom Inomov, Aziz Haydarov (Aleksandr Geynrix, 46), Vitaliy Denisov, Odil Ahmedov, Timur Kapadze (Vagiz Galiulin, 66), Server Jeparov, Maksim SHackix (Ulug'bek Baqoev, 79).
07.01.2011. Osiyo Kubogi guruh bosqichi
Qatar - O'zbekiston 0:2
Gollar: Odil Ahmedov, Server Jeparov.
O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Sahob Jo'raev (Stanislav Andreev, 54), Viktor Karpenko, Anzur Ismoilov, Odil Ahmedov, Jasur Hasanov (Sanjar Tursunov, 66), Timur Kapadze, Aziz Haydarov, Server Jeparov, Maksim SHackix, Aleksandr Geynrix (Olim Navkarov, 89).
16.10.2012. JCH-2014 saralash bosqichi
Qatar - O'zbekiston 0:1
Gol: Sanjar Tursunov.
O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Akmal SHorahmedov, Islom To'xtaxo'jaev, Anzur Ismoilov, SHohruh Gadoev (Vitaliy Denisov, 75), Jasur Hasanov, Sanjar Tursunov (Oleg Zoteev, 90), Timur Kapadze, Aziz Haydarov, Server Jeparov, Ulug'bek Baqoev (Aleksandr Geynrix, 87).
06.10.2014. O'rtoqlik uchrashuvi.
Qatar - O'zbekiston 3:0
Gollar: Sebastiyan Kuintana, Hassan Al Haydos, Meshal Mubarak.
O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Egor Krimec (SHavkat Mullajonov, 83), Bobur Yo'ldoshev (Islom To'xtaxo'jaev, 76), Vladimir Kozak, Vohid SHodiev (Navro'z Alimov, 70), Sardor Rashidov (Farrux Sayfiev, 70), Javlon Ibrohimov (Fozil Musaev, 67), Jamshid Iskanderov, Salim Mustafoev, SHuhrat Muhammadiev (Akmal SHorahmedov, 46), Igor Sergeev.
06.09.2016. JCH-2018 saralash bosqichi
Qatar - O'zbekiston 0:1
Gol: Egor Krimec.
O'zbekiston: Aleksandr Lobanov, Anzur Ismoilov, Vitaliy Denisov, Egor Krimec, Islom To'xtaxo'jaev, Server Jeparov (Javohir Sohibov, 82), Odil Ahmedov, Otabek SHukurov, Sardor Rashidov (Aleksandr Geynrix, 59), Igor Sergeev, Eldor SHomurodov.
03.02.2024. Osiyo Kubogi-2023 1/4 final
Qatar - O'zbekiston 1:1 (penaltilar seriyasi 3:2)
Gollar: O'tkir Yusupov (avtogol) - Odil Hamrobekov.
O'zbekiston: O'tkir Yusupov, Farrux Sayfiev (Zafarmurod Abdirahmatov, 99), Rustam Ashurmatov, Otabek SHukurov, Odil Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov, Oston O'runov (SHahboz Umarov, 74), Umar Eshmurodov, Azizbek Turg'unboev (Muhammadqodir Hamraliev, 106), Abbosbek Fayzullaev (Hojimat Erkinov, 114), Abdulla Abdullaev.
Qatarda muammolar ko'proq
Aytib o'tganimizdek, ertangi o'yin oldidan bizga qaraganda raqib jamoada muammolar ko'pga o'xshayapti. Birinchidan, Qatar o'z maydonida bosim bilan o'ynaydi, bu esa bizga qo'l keladi. Ikkinchidan, Qatar futbol uyushmasi bir nechta xorijliklarni mahalliylashtirdi va ularning birdaniga terma jamoaga kirishib ketishi oson kechmaydi.
Nima bo'lgan taqdirda ham futbol - jamoaviy o'yin va bugungi kun futbolida bir jamoa bo'lib o'ynash ko'p narsani hal qilyapti. Uyushma murabbiy aytgan futbolchiga Qatar pasportini berib qo'ygani bilan tayyor jamoa paydo bo'lib qolmaydi. Balki shuning uchundir Qatar avvalgi turlarda o'zini ko'rsata olmagani. Bizda esa eng muhimi o'zimizga bo'lgan ishonch bor. Qolaversa, bosh murabbiy Srechko Katanec ham jamoa bilan birga. Bu ham juda muhim. Ertangi o'yinda terma jamoamizdan chiroyli o'yin va g'alaba kutib qolamiz.
X.Xoliqov.
Fikrlar