"Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi". "SHo'rtan" - chempion! Yangiliklar

"Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi". "SHo'rtan" - chempion!

Kecha Qashqadaryo viloyat futbol associaciyasining yillik taqvim rejasiga asosan bir hafta davom etgan “Qashqadaryo viloyat hokimi Kubogi” musobaqasi o'z nihoyasiga etdi.

Musobaqaning bosh sovrini uchun “Mikrokreditbank” va “SHo'rtan” jamoalari o'zaro kurash olib borishdi. Keskin va qiziqarli kurashlar ostida o'tgan uchrashuvning asosiy vaqtida durang - 3:3 natijasi qayd etildi. Musobaqa reglamentiga ko'ra, g'olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Futbol lotoreyasida Asror Aliqulov shogirdlari g'alaba qozonishdi - 4:2.  
SHunday qilib, 2021 yilgi futbol bo'yicha Qashqadaryo viloyati hokimi Kubogi G'uzorliklarga nasib etdi.


Quyida "SHo'rtan" matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videoni tomosha qiling. 



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика