So’nggi yangiliklar

16:05​Про лига. "Олимпик" "ФарДУ" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  0 15:55Франция Дембеленинг ғалабасидан сўнг "Олтин тўп" соҳиблари сони бўйича биринчи ўринга чиқиб олди  1 15:32"Футбол олами". "Навбаҳор"да 0:5, "Пахтакор" аутсайдерни юта олмади, ОКМКдан 5:1  0 15:06Антонио Конте: "Скудеттодан кейин биздан умидлари катта"  1 14:39Ўзбекистон U-15 терма жамоаси ОКМК U-16га ҳеч қандай имкон қолдирмади  1 14:11"Арсенал" асосий футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  2 13:42Жоан Лапорта: "Олтин тўп" учун сўровномадаги иккинчи ўрин Ямалга мотивация беради"  12 13:14"Барселона" ярим ҳимоячиси тахминан 3 ҳафта майдонга тушолмайди  0 12:46Қосим-Жўмарт Тўқаев ФИФА президенти билан учрашди  4 12:19"Насаф"нинг рақиби Қирол Кубоги 1/8 финалига йўл олди  3 11:53Усмон Дембеле: "Олтин тўп" фаолиятимдаги мақсадим эмасди"  17 11:29"Бавария" ҳимоячиси "Реал"га ўтишни истамоқда  1 10:48Деклан Райс: "Улар бизни ҳурмат қила бошлашди"  4 10:20Пролига. Бугун 15-турга старт берилади  0 09:47Мбаппе Франция рекордини янгилади  4

Qashqadaryo futbol maktabida Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi Yangiliklar

Qashqadaryo futbol maktabida Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi

Buyuk bobokolonimiz Alisher Navoiy tavalludiga bag'ishlab mamlakatimizdagi barcha sport – talim muassasalarida manaviy – marifiy tadbirlar, uchrashuvlar, adabiy-badiiy kechalar o'tkazilmoqda.

Xususan, kecha 9 fevral kuni Qashqadaryo viloyat futbol mahorat maktabida ham so'z mulkining sultoni, o'zbek adabiy tilining asoschisi Hazrat Mir Alisher Navoiyning 580 yilligi hamda shoh va shoir, buyuk davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligi munosabati bilan “Buyuk ajdodlar yodi doim barhayot” mavzusida manaviy – marifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirga taklif etilgan Navoiyshunos olim Tursunpulat Xolov so'zga chiqib, Alisher Navoiyning qoldirgan boy ijodiy merosini o'rganish va targ'ib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to'xtalib o'tdi.

Tadbir doirasida Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri aktyorlari tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga mansub sahna ko'rinishlari namoyish etishdi. SHuningdek, bir guruh sportchi-o'quvchilar Navoiy va Bobur g'azallaridan namunalar o'qib berishdi. qashqadaryolik xushovoz xonanda Ilyos Qurbonov tomonidan vatanni madx etuvchi kuy-qo'shiqlari tadbirga yanayam zavq-shavq bag'ishladi.

SHavkat Ro'ziev, Qashqadaryo viloyat futbol mahorat maktabining manaviy-marifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика