So’nggi yangiliklar

21:44Баҳром Ҳайдаров: "Дуранг бизни ҳам, рақибни ҳам қониқтирмади"  1 21:28Ла Лига. "Реал" тўхтамаяпти, Алонсо жамоаси бешинчи ўйинда ҳам ғалаба қозонди  23 21:15Суперлига. "Нефтчи" марказий тўқнашувда "Динамо"дан устун келди ва пешқадам "Насаф"га анча яқинлашди  77 21:05Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Хоффенхайм"ни қийинчиликсиз таслим этди  3 20:35"Манчестер Юнайтед" — "Челси". Таркиблар маълум  13 20:17"Верона" — "Ювентус". Таркиблар маълум  7 20:12"Бухоро" ўз тарихида биринчи маротаба "Навбаҳор"га 3тадан кўп гол урди   7 19:59Суперлига. "Бухоро" "Навбаҳор" дарвозасига жавобсиз 5 та тўп киритди  94 19:53"Сабаҳ" — "Туран". Раҳмоналиев асосий таркибда  2 19:26Зиданнинг 27 ёшли ўғли Люка спорт фуқаролигини Жазоирга ўзгартирди  0 18:55Суперлига. "Хоразм" ўз уйида "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  11 18:35АПЛ. "Ливерпуль" Мерсисайд дербисида қийин ғалабага эришди  11 17:08Футзал. Ўзбекистон Фаластинни тор-мор этди  18 16:41Рубен Санчес: "Мухлисларимизни яна бир бор ранжитишга ҳаққимиз йўқ эди"  0 16:02Тимур Кападзе Хитой мураббийи бўлиши ҳақидаги саволга аниқ жавоб берди  59

Qarshida Nuriddin Zayniev xotirasiga bag'ishlangan hujjatli filmning taqdimoti bo'lib o'tdi Yangiliklar

Qarshida Nuriddin Zayniev xotirasiga bag'ishlangan hujjatli filmning taqdimoti bo'lib o'tdi

Bugun, 1 noyabr kuni Qarshidagi "Markaziy" o'yingohda Qashqadaryoning sobiq hokimi Nuriddin Zayniev xotirasiga bag'ishlab olingan hujjatli filmning taqdimoti bo'lib o'tdi.

"Futbol odami" deya nomlangan mazkur hujjatli film "Favvora film" tomonidan suratga olingan.

Malum bo'lishicha hujjatli filmni suratga olish uchun 50 million so'mga yaqin pul sarflangan.

"Favvora film" studiyasi muassisi Keldiyor Xo'jayorovning aytishicha, Nuriddin Zayniev haqidagi hujjatli filmni suratga olish ishlari o'tgan yili yoz faslida boshlangan.

"Nuriddin Zayniev bilan birga ishlaganmiz. "Favvora film" studiyasini ochganimizdan so'ng futbol fidoyisi haqidagi hujjatli film suratga olish g'oyasi tug'ildi. Suratga olish jarayonlari o'tgan yili yoz faslida boshlangan edi. Bu yil yoz faslida tayyor bo'ldi. Biroq pandemiya sabab film namoyishi kechikib keldi", - deydi Keldiyor Xo'jayorov.

21 daqiqa davom etadigan hujjatli filmda "Nasaf" bilan OFK kubogini yutgan ukrainalik murabbiy Anatoliy Demyanenko ham Qashqadaryoning sobiq hokimi haqida xotiralarini aytib o'tgan. Intervyu Ukrainada tasvirga olingan.

"Nuriddin Zayniev "Nasaf" va "Mashal" futbol akademiyasini tashkil etishda jonbozlik ko'rsatganini bilaman. Futbolga juda qiziqar edi. Har safar o'yin oldidan ko'rishganimizda bugun qanday taktika tanlaysiz, qaysi tarkibni tushirasiz" deb so'rardi", - deydi filmda Demyanenko.

Eslatib o'tamiz, Nuriddin Zayniev 2002-2011 yillar oralig'ida Qashqadaryo viloyati hokimi bo'lib ishlagan. Nuriddin Zaynievich rahbarligi davrida 2011 yili Qarshining "Nasaf" klubi OFK kubogi sohibiga aylangan.



Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика