So’nggi yangiliklar

20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  2 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  12 19:35U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама (Матнли трансляция)  93 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  3 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  2 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  0 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  14 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3 17:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси стадионга етиб келди  1 16:57"Динамо" "Қизилқум" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 16:30Дешам Саудия Арабистонидан таклифлар олганини тасдиқлади  0 16:07Ямаль Испания терма жамоаси қайдномасидан чиқарилди  6 15:46"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?  24 15:34Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси ЖЧ йўлланмасини муддатидан олдин ҳал этди!  6 15:18Ўзбекистон U-19 чемпионати — Осиёда йилнинг энг яхши ёшлар лигаси  1

"Qaldirg'ochlar" uchun "qora" kunlar davom etadi, klub tarixidagi antirekord qayd etildi - "Qizilqum" - "Bunyodkor" uchrashuvidan faktlar Yangiliklar

"Qaldirg'ochlar" uchun "qora" kunlar davom etadi, klub tarixidagi antirekord qayd etildi - "Qizilqum" - "Bunyodkor" uchrashuvidan faktlar

So'nggi 2 oy ichida mag'lubiyatlar girdobiga tushib qolgan "Bunyodkor" bu safar Navoiy cho'llarida "Qizilqum"ning "o'ljasi"ga aylandi.

Mezbonlar maydonida esa nihoyat g'alaba shamoli esdi. Umid uchqunlari uyg'ondi. Qolgan faktlar esa quyida batafsil. 


1. "Bunyodkor" 2018 yildan buyon "Qizilqum"ni mehmonda engishni uddasidan chiqa olmayapti. 

05.09.2019. "Qizilqum" - "Bunyodkor" 1:0

03.12.2020. "Qizilqum" - "Bunyodkor" 1:1

26.06.2021. "Qizilqum" - "Bunyodkor" 2:1

10.03.2022. "Qizilqum" - "Bunyodkor" 3:1

30.06.2023. "Qizilqum" - "Bunyodkor" 2:0

2. O'zaro so'nggi 8ta uchrashuvning faqat 1tasida "Bunyodkor" raqibidan ustun keldi. Jamoa oxirgi marotaba 2021 yil SHuhrat Maqsudov boshchiligida Toshkentda "Qizilqum"ni mag'lubiyatga uchratgan edi. 

3. Suhrob Sultonov darvozasiga belgilangan 11ta penaltidan 7tasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Bu bilan u chempionatdagi eng yaxshi natijani qayd etib turibdi. 


4. "Bunyodkor" bu yil hisobidan ketma-ket 8 uchrashuvda g'alaba qozona olmadi. Bu klub tarixidagi antirekord hisoblanadi. Bungacha eng yomon ko'rsatkich 2022 yilgi mavsumda ro'y bergan bo'lib, o'shanda "qaldirg'ochlar" ketma-ket 7ta uchrashuvda g'alaba nimaligini bilmagan. 

5. "Qizilqum"ning 10ta o'yinlik g'alabasiz seriyasi "Bunyodkor" bilan uchrashuvda yakuniga etdi. "Oltin izlovchilar" bu yil Superligada so'nggi marotaba 12 mart kuni Navoiyda "Buxoro"ni mag'lubiyatga uchratgan edi. 

6. Jamshid Saidov bosh murabbiy sifatida 4ta o'yindan beri "Bunyodkor"ga mag'lubiyatga uchramayapti. 2020 yil "Buxoro" sifatida 2ta o'yinda, 2016 yil 1ta o'yinda durang natija qayd etgan. 

7. "Qizilqum" - "Bunyodkor" uchrashuvida 2016 yildan beri so'ng barcha uchrashuvlarda jamoalar gol urib kelmoqda. 2016 yil kechgan o'yinda 0:0 hisobi qayd etilgan. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика