So’nggi yangiliklar

23:27Тимур Кападзе - Англияда. Мутахассис у ерда нима қилмоқда?  3 22:59Александр Хомяков: "Нимани режа қилган бўлсак, ҳаммаси ўхшади"  3 22:50Суперлига. "Навбаҳор" "Бухоро"га йирик ҳисобда ютқазди, "Қўқон-1912" эса "Хоразм" билан дуранг ўйнади  3 22:32Сергей Лушчан: "Ҳассага таянган кампир майдонга чиқса ҳам олтита гол урарди"  23 22:15Ҳаким Фузайлов: "Агар гол урмасак керакли очколарни қўлга кирита олмаймиз"  1 21:44Баҳром Ҳайдаров: "Дуранг бизни ҳам, рақибни ҳам қониқтирмади"  1 21:28Ла Лига. "Реал" тўхтамаяпти, Алонсо жамоаси бешинчи ўйинда ҳам ғалаба қозонди  23 21:15Суперлига. "Нефтчи" марказий тўқнашувда "Динамо"дан устун келди ва пешқадам "Насаф"га анча яқинлашди  79 21:05Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Хоффенхайм"ни қийинчиликсиз таслим этди  3 20:35"Манчестер Юнайтед" — "Челси". Таркиблар маълум  48 20:17"Верона" — "Ювентус". Таркиблар маълум  9 20:12"Бухоро" ўз тарихида биринчи маротаба "Навбаҳор"га 3тадан кўп гол урди   10 19:59Суперлига. "Бухоро" "Навбаҳор" дарвозасига жавобсиз 5 та тўп киритди  97 19:53"Сабаҳ" — "Туран". Раҳмоналиев асосий таркибда  3 19:26Зиданнинг 27 ёшли ўғли Люка спорт фуқаролигини Жазоирга ўзгартирди  0

Qachon bunday bir Evropa jamoalari bilan o'ynaymiz, maza qilib hech nimadan qo'rqmay? Yangiliklar

Qachon bunday bir Evropa jamoalari bilan o'ynaymiz, maza qilib hech nimadan qo'rqmay?

9-17 noyabrga FIFA kunlari belgilangan.

O'zbekiston milliy terma jamoasi 6 noyabr kuni Toshkentda yig'iladi va jamoa azolari dastlab koronavirusga test topshirishadi. 9 noyabr kuni ertalab terma jamoamiz Dubayga yo'l oladi va u erda 10 kunlik o'quv-mashg'ulot tashkil etiladi. 

Yig'in doirasida ikkita o'rtoqlik uchrashuvi belgilangan. Birinchisi 12 noyabr kuni Suriya, ikkinchisi 17 noyabrda Iroq terma jamoasiga qarshi kechadi.

Bu yaxshi albatta, raqiblar topilgani ham, yig'in o'tkazish uchun joy belgilangani ham yaxshi. Pandemiya sharoitida o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etish oson bo'lmayotganini hamma tushunib turibdi. Lekin shunday sharoitda Eron Bosniya bilan, Janubiy Koreya esa Meksika bilan kelisha olgani hayratlanarli. 

2018 yilgi mavsum biz uchun omadli kelgandi. Garchi o'sha yil jahon chempionatida qatnashmagan bo'lsak-da, Marokash, Senegal, Urugvay kabi mundial ishtirokchilari bilan o'ynaganmiz. Bu katta sakrash bo'lgandi. O'sha o'yinlarda ishtirok etgan futbolchilar hamon kuchli raqiblarga qarshi o'yinlarni zavq bilan eslashadi.

Muxlislar doim Evropa jamoalari bilan o'ynaylik deb talab qiladi. Ularning talabida jon bor. CHunki hadeb Osiyo jamoalariga qarshi o'ynash odamni zeriktiradi. O'zi shundoq ham ular bilan rasmiy o'yinlarda to'qnash kelayotgan bo'lsak. 

2018 yilda bo'lgan davr yana qachondir bo'ladimi-yo'qmi, bilmaymiz. Lekin bilganimiz shuki, terma jamoa oldidagi vazifa o'zgarmaydi: jahon chempionatiga chiqish! Buning uchun to'g'ri reja bilan birga Evropa, Afrika yoxud Janubiy Amerikaning kuchli jamoalariga qarshi nazorat bahslari tashkil etishga to'g'ri keladi. 

2019 yildan beri Turkiya va Belarus bilan o'ynaganimizni hisobga olmasak, yana Osiyo qobig'iga tushib qoldik. O'rtoqlik uchrashuvlaridagi raqiblar ketma-ketligiga qarang: KXDR, Suriya, Iroq, Qirg'iziston, Belarus, Tojikiston, Eron, BAA, Suriya, Iroq.

KXDR, Suriya, Iroq va Qirg'iziston bilan o'tgan yil o'ynaganmiz. Belarus, Tojikiston, Eron va BAAga qarshi bu yil maydonga tushdik. Suriya va Iroq bilan endi o'ynaymiz. Suriya bilan Iroqqa qarshi o'tgan bir yil ichida ikkinchi bor o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazamiz. Koronavirus degan balodan to'liq qutulgach, yana Evropa jamoalari bilan o'ynasak ajab emas.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика