So’nggi yangiliklar

PSV futbolchisi "Liverpul" qiziqishlari doirasida Yangiliklar

PSV futbolchisi "Liverpul" qiziqishlari doirasida

Angliya jamoasi hujumni kuchaytirish uchun nomzodlar qidirmoqda.

PSV vingeri Yoxan Bakayoko – "Liverpul"ning kelasi mavsumdagi yangi maqsadi. So'nggi malumotlarga ko'ra, bu operaciya taxminan 25 million evroga tushishi mumkin.

Bakayokoning "Liverpul"ning maqsadli ro'yxatiga kiritilishi Angliya Premer-ligasi jamoasi o'z tarkibini istiqbolli yosh iqtidorlar bilan kuchaytirishga intilayotganidan dalolat beradi.

20 yoshli belgiyalik futbolchining PSV bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchini 10 million evroga baholamoqda.

Bakayoko ushbu mavsum PSV safida barcha musobaqalarda 15 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика