PSJ yangi ustozi asosiy darvozabonni aniqladi
09 iyu 2022 20:44
Yangiliklar
PSJ yangi ustozi asosiy darvozabonni aniqladi
Kristof Galte darvozani kim qo'riqlashi bo'yicha bir qarorga keldi.
Parij klubi yangi bosh murabbiyi Kristof Galte Janluiji Donnarumma va Keylar Navasdan birini tanlab, jamoaning asosiy posbonini aniqlab oldi.
"RMC Sport" xabariga ko'ra, Galte yosh italiyalik Donnarummani PSJning asosiy darvozaboniga aylantiradi.
Qayd etilishicha, o'rinbosar maqomi kosta-rikalikka mutlaqo to'g'ri kelmaydi, shu bois Navas kelasi mavsum boshlanishidan oldin PSJni tark etish niyatida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar