So’nggi yangiliklar

21:08Самвел Бабаян: "Икки мағлубиятдан сўнг ғалаба қозониш ўта муҳим эди. Янги жамоа туздик, бизга бироз вақт керак"  1 20:47Игорь Суров: "Бир киши кам бўлиб қолмаганимизда умуман бошқача ўйин бўларди"  0 20:25ОФК 2031 ва 2035 йилги Осиё Кубоги мезбонлиги танлови жараёнини тўхтатди  3 20:05"Бухоро" "Динамо"ни мағлуб этиб, турнир жадвалининг 1-ўрнига кўтарилиб олди  39 19:53Венесуэла терма жамоаси Тошкентда бўлиб ўтадиган FIFA Series турнири учун қайдномасини эълон қилди  4 19:07"Реал" Куртуани йўқотди  5 18:30"Ливерпул"нинг ёзги трансфер ойнаси учун асосий мақсади маълум  4 18:06Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди  75 17:35Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Япония билан ўйнайди  3 16:39ФИФА "Хоразм" футболчиси бўйича қарор чиқарди  1 16:07"Манчестер Сити" аллақачон Гвардиолага ўринбосар изламоқда. Мураббийнинг ўзи бунга қандай қарайди?  7 15:28Лапорта "Барселона" "Камп Ноу"дан кўчишини эълон қилди  5 14:42Эксперт фикри. Абдуқаҳҳор Ҳожиакбаров: "Андижон" бугун ғалаба қозона олмаса, мухлислар кечирмайди"  5 14:19Қозоқ клуби МЮ собиқ футболчиси билан шартнома тузиши мумкин  1 13:54"Қўқон-1912" "Навбаҳор" устидан ғалаба қозонган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0

PSJ UEFAga "Barselona"ga qarshi uchrashuv borasida sakkiz banddan iborat bo'lgan ariza topshirdi Yangiliklar

PSJ UEFAga "Barselona"ga qarshi uchrashuv borasida sakkiz banddan iborat bo'lgan ariza topshirdi

Teglar :  BarselonaUEFAPSJ
PSJ rahbariyati "Barselona"Ga qarshi kechgan CHempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvi borasida sakkiz banddan iborat bo'lgan arizasini taqdim etdi.

Franciya klubining etirozi uchrashuv bosh hakami Deniz Aytekinga bog'liq. Ispan grandi birinchi bahsda to'rtta gol o'tkazib yubordi, ikkinchisida esa 6:1 hisobida g'alabaga erishib, chorak finalga chiqdi. Parijliklarning fikricha, Aytekin uchrashuv natijasiga tasir ko'rsatgan.

Franciyaliklar UEFAga quyidagi vaziyatlar borasida etiroz bildirishdi:

1.PSJdagilarning fikricha, Xaver Maskerano qo'l bilan o'ynagani uchun hakam raqib darvozasiga penalti belgilamagan.



2. Pike Kavaniga qarshi ishlatgan qo'polligi uchun unga ikkinchi sariq kartochka ko'rsatilishi kerak edi.



3. Neymar va Mene o'rtasidagi to'p uchun kurashda hakam PSJ darvozasiga penalti belgilamasligi kerak edi.



4. Hisob 3:1 paytida Neymar Markinosni ortidan oyog'iga zarba berdi. Aytekin bu vaziyatda Neymarni sariq kartochka bilan jazoladi. PSJdagilarning fikricha, bu holatda braziliyalik chetlatiligi kerak edi.



5. "Barselona" hujumchisi Luis Suares Veratti bilan to'p uchun kurashda simulyaciya ishlatdi va raqib jarima maydonchasi ichida yiqilib oldi. O'sha vaziyatda hakam Suaresga sariq kartochka ko'rsatgan.



6. 78-daqiqada Pike o'z jarima maydonchasi ichida to'pni qo'l bilan o'ynagani uchun "Barselona" darvozasiga penalti belgilanishi kerak edi.



7. "Barselona" himoyachisi Xaver Maskerano o'z jarima maydonchasi ichida Anxel Di Mariyaga nisbatan qo'pollik ishlatgan. Uchrashuvdan so'ng Maskerano hamyurtiga nisbatan qoida buzganini tan oldi.



8. Hakam Suaresga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun penalti belgilab xato qilgan. Aslida qo'pollik bo'lmagan edi.


Reyting: +73   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика