PSJ Ramosga o'rinbosar topdi - klub transfer uchun 60 million evro tayyorlamoqda
09 mar 2023 20:03
Yangiliklar
PSJ Ramosga o'rinbosar topdi - klub transfer uchun 60 million evro tayyorlamoqda
PSJ markaziy himoyada Serxio Ramosning o'rnini bosa oladigan futbolchi qidirmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, Liga 1 giganti "Nyukasl" futbolchisi Sven Botmanga ko'z tikkan. Parijliklar 23 yoshli niderlandiyalik futbolchining transferi uchun 60 million evro tayyorlamoqda. SHu bilan birga, ingliz klubini futbolchini sotishga ko'ndirish oson bo'lmasligi qayd etilgan.
Sven Botman o'tgan yozda "Lill"dan "Nyukasl"ga o'tgandi. O'shandan beri himoyachi "zebraranglilar" safida 30 ta rasmiy o'yin o'tkazdi, biroq samarali harakatlar qayd etmadi.
Eslatib o'tamiz, “Nyukasl” hozirda APL turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar