So’nggi yangiliklar

17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  5 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  3 16:36"Барселона" Войцех Шенснини Чемпионлар Лигаси учун рўйхатдан ўтказди  1 16:07"Коринтианс" молиявий муаммолар гирдобида: Депай Бразилияни тарк этиши мумкин  0 15:38"Бавария" Мусиала билан шартномани янгилаб қўймоқчи  0 15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  2 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  8 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  1 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  16 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  4 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  8 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  15 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  4

Prokuratura organlari xodimlari o'rtasida Respublika futbol musobaqasi finali bo'lib o'tdi FOTO+Video Yangiliklar

Prokuratura organlari xodimlari o'rtasida Respublika futbol musobaqasi finali bo'lib o'tdi FOTO+Video

Teglar :  O'FAO'zbekiston
Yurtimizda turli soha vakillari o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va sportni, xususan futbolni ommalashtirish borasida ko'plab chora-tadbirlar amalga oshirilib, bir qator musobaqalar o'tkazilmoqda.

Jumladan, Prokuratura organlari xodimlari o'rtasida ham O'zbekiston futbol Associaciyasi bilan hamkorlikda futbol musobaqasi tashkil etilgan bo'lib, bugun mazkur musobaqaning Respublika bosqichi final uchrashuvi bo'lib o'tdi. Toshkent temiryo'l muhandislari institutida o'tkazilgan final o'yinida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Otabek Murodov, O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol Associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov hamda O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakrom Isroilovlar ishtirok etishdi.

Jami 19 jamoa ishtirok etgan musobaqaning final o'yinida Qashqadaryo va Toshkent viloyati prokuraturasi jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. Murosasiz kurashlarga boy o'tgan uchrashuvning asosiy vaqtida 2:2 hisobidagi durang qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa omad Toshkent viloyati prokuraturasi jamoasiga kulib boqdi.

Final uchrashuvidan so'ng g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Finalda muvaffaqiyatga erishgan jamoa azolari hamda musobaqaning eng yaxshi o'yinchisi, eng yaxshi himoyachisi, eng yaxshi hujumchisi va eng yaxshi darvozaboniga O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va O'zbekiston futbol Associaciyasi tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Otabek Murodov hamda O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol Associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov.


Demak, musobaqaning eng yaxshi darvozaboni deb Qashqadaryo viloyati prokuraturasi kiperi Norqobilov Mirzohid tan olindi.

Eng yaxshi himoyachi Sirdaryo viloyati prokuraturasi vakili Dilshod Yunusov bo'ldi.

Eng yaxshi yarim himoyachi nominaciyasida esa Toshkent viloyati prokuraturasi jamoasi azosi Hasan Usmonov g'olib bo'ldi.

Eng yaxshi o'yinchi deb Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuraturasi jamoasi sardori Akilbek Hakimov topildi.

Va nihoyat, eng namunali o'yinchi nominaciyasi Toshkent shahar prokuraturasi jamoasi azosi Umidjon Olimjonovga topshirildi.


Prokuratura organlari xodimlari o'rtasida Respublika futbol musobaqasi finali va taqdirlash marosimidan fotogalereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA



VIDEO

TAS-IXemas



Prokuratura organlari xodimlari o'rtasida Respublika futbol musobaqasi finali va taqdirlash marosimidan fotogalereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика