So’nggi yangiliklar

01:40ЕЧЛ. Барча учрашувларнинг онлайн ҳисоби битта саҳифада   2 01:05ЕЧЛ. "Ливерпуль" "Энфилд"да "Реал Мадрид"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  26 00:50ОЧЛ-2. "Насаф" ўз уйида Қувайт клубига мағлуб бўлди, Комилов иккинчи голда қўпол хатога йўл қўйди  1 00:03"Бавария" Носир Ал Ҳелайфидан узр сўради  0 23:30ОЧЛ 2. "Шабаб Ал Аҳли" 0:2 ҳисобида орта бора туриб, якунда супер камбэк қайд этди. "Насаф" расман гуруҳда қолиб кетди  13 22:59Жамшид Искандеров "Навбаҳор"ни тарк этди(ми?)  12 22:37Рўзиқул Бердиев: "Мавсумнинг қайсидир қисмида 12 та мағлубиятсиз серия қайд этаётгандик, ҳозир эса кетма-кет тўртта мағлубият. Жуда ҳунук ҳолат"  48 21:51Тони Кроос "Golden boy" тақдимотида йил ўйинчиси мукофотига лойиқ кўрилди  4 21:2517 ёшли Ламин Ямаль "Golden Boy" совринини қўлга киритди!  10 21:04ОЧЛ-2. "Насаф" чемпионликдан кейинги 4-ўйинида ҳам мағлуб бўлди  316 20:40Расман: "Интер Майами" Луис Суарес билан янги шартномани узайтирди  2 19:54Санья Мбаппе ҳақида: "Роналду "Реал"даги фаолиятини яхши бошламаган, Бенземанинг трансферини хато, Бекхэмникини эса омадсизлик деб аташган. Улар клуб афсоналарига айланишди"  5 19:26Моуринью: "Педри менда "Барселона"дан кўра кўпроқ таассурот қолдирди"  4 18:53Ламин Ямаль "Golden Boy" совринини қўлга киритади. Бу ҳақда бугун эълон қилинади  2 18:30Азимжон Аҳмедов: "Андижон" билан ўзгача ҳисоб-китобимиз бор"  14

Projektor, tungi o'yin yoxud "Real"ning uy stadioni haqida ko'pchilik bilmaydigan 12 fakt FOTO Yangiliklar

Projektor, tungi o'yin yoxud "Real"ning uy stadioni haqida ko'pchilik bilmaydigan 12 fakt FOTO

Hurmatli, o'quvchilar, “Real”chilar! Siz bu haqda bilmasligingiz mumkin!

1936 yilning 18 iyulida Ispaniyada fuqarolar urushi bo'lgan, bu esa "Real"ning uy stadioni "CHamartin"ga (hozirda "Eski CHamartin" deb nomlanadi) tasir ko'rsatdi va dahshatli holatga keltirib qo'ydi. Zararni tiklash uchun katta miqdordagi mablag'ni sarflash kerak edi.

1939 yilning oktyabr oyida urushdan keyin stadion qayta ochildi va ilk uchrashuvda derbida "qaymoqranglilar" "Atletiko"ni 2:1 hisobida mag'lub etishdi.

Evropadagi harbiy mojarolarga qaramasdan, muxlislarning g'ayrati so'nmadi. Qayta tamirlash ishlaridan keyin stadionning muxlislar sig'imi 25 mingga ko'paydi, biroq bu raqam Madriddagi uy o'yinlariga muxlislarning talabi kuchli bo'lganligi uchun kamlik qilardi.

Uzoq vaqt davomida yangi stadion qurishni istagan Santyago Bernabeu 1943 yilda jamoaning prezidenti bo'lgan.

Bernabeu katta loyiha asosida qurilishni boshlagan, o'shanda buni barcha ambicion ravishda qarshi olgan, stadionga 100 ming muxlis sig'ishi mumkin edi. Bu stadion "los blankos"ning keyingi yorqin lahzalari guvohi bo'ldi.

"Yangi CHamartin" Evropadagi eng yaxshi va zamon talablariga javob beradigan stadion bo'ldi.

- "Yangi CHamartin" 1947 yilning 14 oktyabr kuni ochilgan. Ilk uchrashuvda "Real" Portugaliyaning "Os Belenenses" jamoasi bilan kuch sinashgan va 3:1 hisobida g'alaba qozongan. Stadionning tarixidagi ilk golni Sabino Barinaga kiritgan.

- 1955 yilning 4 yanvar kunida klubning bosh assambleyasi "Yangi CHamartin"ni Santyago Bernabeu nomi bilan atashga ovoz berdi. Bu esa Santyago Bernabeuning roziligisiz bo'lgan.

- 1957 yilning 18 may kunida dunyoda ilk marta projektorlar aynan ushbu stadionga o'rnatilgan va ilk bora tunda uchrashuv bo'lib o'tgan. "Qaymoqranglilar" o'shanda Braziliyaning "Sport Club do Recife" jamoasini taslim qilgan, 5:3.


- "Santyago Bernabeu" stadionida 1964 yilgi Evropa chempionatining final uchrashuvi o'tkazilgan. Unda Ispaniya termasi SSSR termasi bilan to'qnash kelgan va 2:1 hisobida g'alaba qozonib, ilk marta Evropa chempionligini qo'lga kiritgan.

- Bu stadionda 1982 yilgi JCHning 4 uchrashuvi bo'lib o'tgan. SHu jumladan, Italiya va SHarqiy Germaniya termalari ishtirokidagi final uchrashuvi ham. Unda italiyaliklarning qo'li baland kelgan, 3:1.

- 1982 yilgi mundial uchun stadionning projektori, yangi tablosi, tribunalarning to'rtdan uch qismini qamrab olgan metall gumbaz tamirlandi.

- Stadionda ECHL/Evropa kubogining 4 finali o'tkazilgan: "Real" Madrid - "Fiorentina" (1967), "Milan" - "Ayaks" (1969), "Nottingem Forest" - "Gamburg" (1980) va "Bavariya" - "Inter" (2010).

- 1992 yilda yana stadionni qayta tamirlash ishlari olib borilgan: stadionning balandligi 22 metrdan 45 metrgacha ko'tarilgan, yoritish tizimlari ham kuchaytirilgan, shuningdek, maydonning tagida isitish tizimlari ham o'rnatilgan. Stadionning muxlislar sig'imi 110 minggacha ko'paytirilgan. 1998 yilda klub prezidentligiga Lorenco Sansa kelganidan keyin, o'tirish joylari o'rindiqqa aylantirilgan, oqibatda muxlislar sig'imi 75328tagacha kamayib ketgan.

- 2000 yilda "Real" prezidenti Florentino Peres besh yil davomida (2001-2006) stadionga 127 mln dollar investiciya kiritgan: sharq tomondagi old tribunaga ofis zallari qurilgan, matbuot vakillari uchun sharoitlar yaratilgan, VIP-lojalar barpo etilgan. SHarqiy tribunalarning ko'paytirilishi natijasida muxlislar sig'imi 85454ga etgan.

- 2007 yilning 14 noyabr kunida UEFA stadionning 60 yillik bayrami uchun "Santyago Bernabeu"ni "elit stadion" maqomini bergan.

- "Santyagu Bernabeu"dagi 4000-golni Krishtianu Ronaldu uzoq masofadan "Levante" darvozasiga kiritgan.O'sha bahsda Madrid 4:2 hisobida g'alabaga erishgan.

- "Santyago Bernabeu" juda ko'plab koncertlar bo'lib turadi. "The Rolling Stones", "U2" kabi guruhlar va qo'shiqchi Bryus Springstining koncert dasturi anshlagda bo'ladi.

Mirjalol Normatov tarjima qildi

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика