So’nggi yangiliklar

08:30"Каттақўрғон" катта футбол учун дастлабки қадамларни ташлади  0 08:01Ўзбекистонлик футболчи Косово жамоаси билан шартнома имзолади  2 07:29Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Андижон"га ўтишга яқин  6 00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  2 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  0 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  3 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  4 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  11 19:20Ҳатто Польша Биринчи лигаси вакили ҳам Балотелли билан шартнома имзолашни хоҳламади  5 18:49Ямаль: "Мен тун ярмида уйғониб, печенье ейиш учун эртароқ ухлайман"  9 18:20ПСЖ "Реал" асосий футболчисига фойдали шартнома таклиф қилишга тайёр  1

Pro liganing eng yaxshi futbolchisi bo'lishga nomzod Mamatkazin haqida bilishingiz kerak bo'lgan faktlar Yangiliklar

Pro liganing eng yaxshi futbolchisi bo'lishga nomzod Mamatkazin haqida bilishingiz kerak bo'lgan faktlar

Bugun O'zbekiston futbol associaciyasi hamda professional futbol ligasi hamkorligida “Eng zo'r-2022” taqdirlash marosimi o'tkaziladi.

26 noyabr kuni O'zbekiston futbolidagi yilning eng yaxshilari jamoatchilik guvohligida aniqlab olinadi. 

Pro ligada yil futbolchisi bo'lish uchun 4 ta nomzod ilgari surilgan va ularning orasida "Andijon" jamoasi sardori Ildar Mamatkazin ham bor. Qolgan uch futbolchilar – Ro'zimboy Ahmedov ("Buxoro"), Roki Marchiano ("Xorazm") va Humoyun Murtozaev ("Turon"). 

Qizig'i, Mamatkazindan tashqari nomzodlarning har uchalasi ham hujumchi bo'lib, ularning urgan gollari evaziga eng yaxshilar qatoriga kiritilganligi tabiiy hol. Birgina Mamatkazin himoyachi bo'lishiga qaramay (aynan shunga ahamiyat qaratinglar), yilning eng yaxshilari qatorida nomzodi ko'rsatilgan. Bu albatta muhim va bunga to'la munosib ham. Biz buni quyida faktlari bilan keltirib o'tamiz.


Nomzodlar elon qilinganida kim nechta gol urgani va bu yil Pro ligada nimaga erishgani haqida yozilgan. Hujumchi bo'lganidan keyin o'z-o'zidan ularning ishi gol urish, shundaymi? Odatda himoyachilarning maydondagi ishlari unchalik ham ko'zga tashlanavermaydi. Biroq bizning qahramonimiz hammani o'ziga qarata oldi. Uning asosiy vazifasi birinchi navbatda mudofaa chizig'ini mustahkamlash, raqiblariga gol urish imkoniyatini bermaslik, raqib hujumlarini zararsizlantirish. U mana shunday ishlarni qoyilmaqom bajarib, yana qo'shimchasiga raqib jarima maydoni ichida eng xavfli o'yinchilardan biriga aylana oldi. Buni urgan 7 ta goli bilan tasdiqlab turibdi. 

Tasavvur qiling, markaziy himoyachi chempionatda ko'plab hujumchilar qila olmagan ishni uddaladi. 

SHak-shubhasiz, Ildar "Andijon"ning Superligaga qaytishida o'yini va gollari bilan ulkan hissa qo'shdi va tom manoda "Andijon"ning etakchisiga aylandi. Bunday himoyachi Pro liga tugul, hatto Superligada ham yo'q! Statistika ham shuni ko'rsatib turibdiki, elitada ham biror himoyachi Mamatkazin qilgan ishni bajara olmagan. U chindan ham noyob topilmaga aylandi. Yani, 34 yoshida mana shunday yuqori darajada to'p tepgani uning o'z ishiga masuliyat bilan yondashib, o'ziga bildirilgan vazifani maksimal darajada uddalay olishini ko'rsatib turibdi. Holbuki, bu yoshda va bo'lib ham himoyada yana kim yuqori darajada o'ynab, jamoasiga foyda keltira oladi? 



Mamatkazin ushbu mavsumda har tomonlama o'zini ko'rsatgan yagona himoyachiga aylandi!

Markaziy himoyachining bu mavsumda urgan gollariga etibor qarating:

6-tur. "Turon" – "Andijon" – 1:2. Mamatkazin, 90+5

12-tur. "Andijon" – "Xorazm" – 2:1. Mamatkazin, 50.

17-tur. "Andijon" – "SHo'rtan" – 2:1. Mamatkazin, 39.

18-tur. "Buxoro" – "Andijon" – 1:2. Mamatkazin, 30.

22-tur. "Xorazm" – "Andijon" – 0:1. Mamatkazin, 45.

23-tur. "Andijon" – "Turon" – 1:1. Mamatkazin, 71

27-tur. "Andijon" – "Xorazm" – 3:1. Mamatkazin, 69.

Ildar tomonidan urilgan gollar "Andijon"ga qanchalik foyda keltirganini ko'rib turibsiz va "burgutlar" raqiblaridan ochkolarni tortib olishgan. Ayniqsa, qiyin pallalarda futbolchi gollari bilan jamoasining joniga ora kirgan hamda o'ta muhim, o'ta qimmatli ochkolar qo'lga kiritilishida katta hissasini qo'shdi. Yuqoridagi jadvalda guvohi bo'lganingizdek, himoyachi tomonidan kiritilgan to'plar asosan "Andijon"ning g'alabasi uchun xizmat qilgan. "Bobur Arena"da "Turon"ga qarshi bellashuvda bo'lsa, Ildar o'z goli bilan jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qolgan.



Qolaversa, himoyachi gollarini penaltidan emas, balki barchasini aynan o'yin davomidagi o'zining faolligi orqali kiritgan. U sardor sifatida bosh murabbiyning maydondagi chinakam yordamchisiga aylana oldi. Ayniqsa, “Andijon”ning oktyabr oyidayoq muddatidan ilgari pro ligada 1-o'rinni naqd qilib, Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritgani bejiz emas. 

Yana bir gap: himoyachi gollar urishdan tashqari jamoadoshlariga golli paslar uzatishni ham unutib qo'ymagan. Jumladan, O'zbekiston Kubogi guruh bosqichida "So'g'diyona" va "Yangier"ga qarshi uchrashuvlarda Mamatkazin 3 marta assist vazifasini amalga oshirgan. Qolaversa, chempionat doirasida "Zomin" hamda "Turon"ga qarshi bahslarda ham jamoa sardori o'z hisobiga bittadan assist yozib qo'ygan.


SHuhratbek Jo'raev

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика