So’nggi yangiliklar

04:19U-17 ЖЧ. Кечаги кун натижалари билан танишинг  0 04:01Мўминхон Баходирхонов: "Агар Ирландия ўз кучи билан ютган бўлса, ҳали улар билан кўришамиз"  2 03:00АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Вулверхэмптон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 02:57А Серия. Турин дербисида ҳисоб очилмади, "Милан" меҳмонда ғалабани қўлдан чиқарди  0 02:50Исломбек Исмоилов: "168 сантиметр бўйга эга футболчи 190 сантиметрликни ютиши жуда қийин"  9 02:06Эрон терма жамоаси ноябрь ойидаги йиғин учун таркибини эълон қилди  0 01:45Миср ноябрдаги йиғин учун таркибни эълон қилди, Салоҳ Ўзбекистонга қарши ўйнаши мумкин  0 01:36Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг ноябрь ойидаги йиғин учун таркиби маълум  0 01:22U-17 Жаҳон чемпионати. Ирландия — Ўзбекистон 2:1  0 00:40АПЛ. "Арсенал" меҳмонда 90+4 дақиқада урилган гол туфайли ғалабани қўлдан чиқарди  19 00:34Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Насср", "Ал Иттиҳод" ва "Ал Аҳли" иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтди, Роналду яна пенальтидан гол урди  2 00:30Ла Лига. "Атлетико" ўз уйида "Леванте"ни мағлуб этди, Гризманн захирадан майдонга тушиб, дубль қайд этди  1 00:13Суперлига. "Бунёдкор" – "Динамо" 1:3  0 23:38Бундеслига. "Байер" 6:0 ҳисобида ғалаба қозонди, "Бавария" ва "Боруссия Дортмунд" меҳмонда очко йўқотди  1 23:23Отабек Нарзуллаев: "Қарши ҳужум тактикасида ўйнаб ғалаба қозондик"  4

Pro ligada bugun qanday uchrashuvlar bor? Qo'qonga katta futbol qaytmoqda, Evstafeev "SHo'rtan" bilan, G'ofurov "Navbahor-farm" bilan jangga tayyor Yangiliklar

Pro ligada bugun qanday uchrashuvlar bor? Qo'qonga katta futbol qaytmoqda, Evstafeev "SHo'rtan" bilan, G'ofurov "Navbahor-farm" bilan jangga tayyor

Bugun Pro liganing ikkinchi turiga start beriladi. Dastlabki kun doirasidan uchta uchrashuv o'rin olgan.

Qo’qon-1912

Sanat Shixov - 68'

PRO liga. 2-tur

22/03/2023, 16:00

0
:
1
Tugadi

Mash’al

45'
90'
68'  Sanat Shixov
73'  Shota Gvazava

"Qo'qon-1912" - "Mashal"

— Nihoyat "Qo'qon-1912" jamoasi bir yillik tanaffusdan so'ng o'z maydoniga qaytdi. Jamoa bugun yangi ko'rinishga kelgan o'z maydonida "Mashal"ni qabul qiladi. So'nggi bor mazkur arenada mezbonlar 2021 yil Superliga 25-turi doirasida OKMKga qarshi maydonga chiqqan edi. Projektor muammosi sabab jamoa o'tgan mavsumni Yaypanda o'tkazishga majbur bo'ldi. "SHunqorlar" shu kungacha "gazchilar" bilan faqat Superliga va kubok bahslarida to'qnash kelishgan. Bu borada kichik ustunlik muborakliklar tomonida. Ammo jamoalar o'rtasidagi so'nggi 5ta uchrashuvda qo'qonliklar raqibiga faqat bir marotaba engilganini ko'rishimiz mumkin. "Mashal" 2017 yildan beri "Qo'qon-1912"ni mag'lub eta olmayapti. 

16.09.2017. "Qo'qon-1912" - "Mashal" 2:4

01.07.2020. "Qo'qon-1912" - "Mashal" 2:0

22.10.2020. "Mashal" -  "Qo'qon-1912" 1:2

09.01.2021. "Mashal" -  "Qo'qon-1912" 0:2

14.09.2021. "Qo'qon-1912" - "Mashal" 2:2

Jamoalar oxirgi marotaba o'tgan mavsum O'zbekiston kubogi guruh bosqichid uchrashishgan. Unda Davron Fayziev shogirdlari 4:0 hisobida g'alaba qozongan. 


Xorazm

SHahzod Beshimov - 61'

PRO liga. 2-tur

22/03/2023, 16:30

0
:
1
Tugadi

Navbahor-Farm

45'
90'
61'  SHahzod Beshimov

"Xorazm" - "Navbahor-farm"

— "Xorazm" o'tgan mavsumdayoq Pro ligada barcha jamoalarga "bosh og'riq" bo'lishga ulgurdi. Lekin Ruslan Ahmedov shogirdlari birinchi turda kichik sensaciya qayd etdi, deya olamiz. Liga debyutanti "Yunired" Samarqandda "Xorazm"ni 1:0 hisobida taslim qilib o'ziga hos syurpiriz taqdim qildi. "Xorazm" qishki transferlar vaqtida Sahob Rashidov, Siroj Meliev, Jahongir Ahmadov, To'lqin Ergashev kabi futbolchilarni qo'shib oldi. Bugun o'z muxlislari qarshisida g'alaba uchun borini berishi shubhasiz. Birinchi ligada chempion sifatida Pro ligaga chiqqan "Navbahor-farm"ni sobiq futbolchi Rashid G'ofurov boshqarmoqda. Murabbiyning bir necha yillar oldin Namanganning bosh jamoasida ishlari ko'ngildagidek kechmagandi. Endilikda Rashid G'ofurov "Navbahor-farm" bilan muvaffaqiyat qozonish maqsadida oldinga intilmoqda. Jamoa birinchi turda "Aral" bilan 0:0 hisobida durangga imzo chekdi. 



G'ijduvon

Muslim Qurbonov - 77'

PRO liga. 2-tur

22/03/2023, 17:00

2
:
1
Tugadi

Sho'rtan

Bekzod Suvonov - 13', Asadbek Samariddinov - 89'

45'
90'
77'  Muslim Qurbonov
82'  Akbar Murodov
13'  Bekzod Suvonov
89'  Asadbek Samariddinov

"G'ijduvon" - "SHo'rtan"

— Birinchi turda dam olgan "G'ijduvon" uchun mavsumdagi ilk o'yin "SHo'rtan"ga qarshi bo'lib o'tadi. Mezbonlardan ham ko'proq yurtimizga qaytgan Aleksey Evstafeevning ishi qiziq bo'lsa kerak. Uning yoshlar bilan ishlash tajribasini hisobga olsak, Aliqulovdan so'ng "SHo'rtan" uchun ayni mos murabbiy, deya olamiz. G'uzorliklar mavsumni hujumkor va shiddatli ruhda boshlashdi. "Qo'qon-1912" bilan 3:3 hisobida durang qayd etishgani "G'ijduvon" uchun "signal" bo'lishi aniq. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика