Pro liga. Bugun Toshkentda o'yin bor
31 may 2024 08:33
Yangiliklar
Pro liga. Bugun Toshkentda o'yin bor
Bugun Pro liganing 11-turidan o'rin olgan Olimpik-Mobiuz va Aral o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi.
Ushbu bahs yoshlar terma jamoasining Xitoyga safar qilishi sababli bugungi sanaga ko'chirilgandi. Uchrashuv soat 18:00da «Jar» stadionida start oladi.
Hozirga kelib, «Aral» Pro ligada 18 ochko to'plagan holda turnir jadvalining 3-pog'onasida ketmoqda. Olimpiyachilarning hisobida esa 8 ochko bor. Ular turnir jadvalining 7-pog'onasidan joy olishgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar