So’nggi yangiliklar

18:43Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон". Таркиблар маълум  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  0 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  2 17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК 0:0 (матнли трансляция)  3 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  9 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  13 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  7 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  4

PRO-Liga “B” guruhi. 20-tur statistikasi Yangiliklar

PRO-Liga “B” guruhi. 20-tur statistikasi

Teglar :  PRO-ligaB guruhi
Kuni-kecha PRO-Liganing “B” guruhida 20-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Unda muxlislar bir qator qiziqarli o'yinlarga guvoh bo'ldi. Odatga ko'ra, poyoniga etgan uchrashuvlarning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.

JAZIRAMADA G'ALABA QOZONGAN “YOZYOVON” YOXUD MEHMONLARGA ATALGAN TUR
10 avgust juma kuni, “B” guruhida 4ta o'yin bo'lib o'tdi. Turning dastlabki uchrashuvi Toshkentda kechdi. Unda musobaqa autsayderi “Lokomotiv-BFK” o'z maydonida “Yozyovon”ni qabul qildi. Uchrashuvi soat 15:30da boshlangani haqida avvalroq aytib o'tgandik. Jaziramada kechgan bahsda mehmonlarning qo'li baland keldi. Uchrashuv kuni tong saharda poytaxt tomon yo'lga chiqqan yozyovonliklar shunga qaramay, “temiryo'lchilar” ustidan ishonchli g'alabaga erishib, ko'pchilikni xayratlantirdi. Ochig'i, o'tgan turdagi texnik-mag'lubiyat “Yoyozvon” jamoasiga ruhan tasir o'tkazmadi. Aksincha bu narsa ularni yanada kuchli qildi. Toshkentda qo'lga kiritilgan uch ochko yozyovonliklarni turnir jadvalida 2-o'ringa ko'tardi.
Buxoroda kechgan viloyat derbisida “G'ijduvon”ning omadi keldi. Garchi uchrashuvda birinchi bo'lib “Labsa” jamoasi hisobni ochgan bo'lsada, keyinchalik g'ijduvonliklar ikkita to'p kiritib, g'alabani o'z tomoniga og'darib yubordi.
Yoshlar ittifoqining vasiyligidagi “Iftixor” jamoasi mazkur turda “Zomin”ni qabul qilib, yirik hisobda mag'lub bo'ldi. Ushbu bahsda tajriba shijoatdan ustun keldi deyish mumkin.  
“B” guruhida karvonboshchilik qilayotgan “Nurafshon” jamoasi o'z maydonida “SHerdor”ni qabul qildi. Gollarga boy bo'lgan bellashuvda jangavor durang qayd etildi.  

“LOKOMOTIV-BFK” – “YOZYOVON” 1:2
 “LABSA” – “G'IJDUVON” 1:2
 “IFTIXOR” – “ZOMIN” 0:3
 “NURAFSHON” – “SHERDOR” 3:3

GOLLAR
* 20-turning 4ta o'yinida muxlislar jami 15ta golga guvoh bo'ldi.
* Har bir uchrashuvga o'rtacha 4tadan gol demakdir.
* Mezbon jamoalar tomonidan kiritilgan gollar soni 5tani tashkil etgan bo'lsa, mehmonlar sermahsullik borasida ustunlikka erishdi. Boisi mehmon jamoalar 10ta to'p kiritdi.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 8ta gol qayd etildi.
* Ikkinchi taymda esa yana 7ta to'p kiritildi.
* Etiborlisi ushbu turda birgina “Zomin” jamoasi o'z darvozasidan to'p o'tkazib yubormadi.
* Turning eng tezkor goli “Lokomotiv-BFK” – “Yozyovon” uchrashuvida kiritildi. Mehmonlar futbolchisi Maqsad Ibragimov 4-daqiqa o'tib borayotganida raqib darvozasini ishg'ol etib, o'yinda hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi.
* Eng so'nggi daqiqada kiritilgan gol ham aynan “Lokomotiv-BFK” – “Yozyovon” bellashuvida qayd etildi. Uchrashuvning 86-daqiqasida “temiryo'lchilar” azosi Ahmad Valiev to'p kiritib, hisobni bittaga qisqartirdi. Ammo uning jamoasi yakunda mag'lub bo'ldi.
* Ushbu turda bitta dubl qayd etildi. “Nurafshon” yarim himoyachisi Elbek Ravshanov “SHerdor”ga qarshi kechgan bahsda ikkita to'p kiritdi.
* Uchrashuvlarni boshqarib borgan hakamlar 1ta penalti belgiladi. “Nurafshon” darvozasi tomon ko'rsatilgan 11 metrlik to'pini “SHerdor” hujumchisi Maradona Safarov aniq amalga oshirdi. Malumot uchun, Maradona mavsumning birinchi qismini PRO-Liganing “A” guruhi qatnashchisi “Dinamo”da o'tkazgandi.
* SHuningdek mazkur turda bitta avtogol qayd etildi. “Iftixor” fubolchisi Nurillo Mirzajonov jamoasining “Zomin”ga qarshi kechgan bahsida kutilmaganda o'z darvozasiga to'p kiritib yubordi.


20-turda kimlar gol urdi?
1. Maqsad Ibragimov – “Yozyovon”.
2. Abdulaziz Jo'raboev – “Yozyovon”.
3. Ahmad Valiev – “Lokomotiv-BFK”.
4. Bahrom Narzullaev – “Labsa”.
5. Jamshid Hasanov – “G'ijduvon”.
6. Mirzabek Joniqulov – “G'ijduvon”.
7. Nurillo Mirzajonov – “Iftixor” (avtogol).
8. SHoxjahon Abbosov – “Zomin”.
9. Azamat Abdullaev – “Zomin”.
10. Elbek Ravshanov – “Nurafshon” (2ta).
11. Farrux SHotursunov  – “Nurafshon”.
12. Farrux Faxriddinov  – “SHerdor”.
13. Maradona Safarov – “SHerdor”.
14. Abdulla Nabiev – “SHerdor”.


OGOHLANTIRISH
* 20-turning 4ta o'yinida hakamlar jami 19ta futbolchini sariq kartochka bilan “siyladi”.
* Bu esa har bir uchrashuvda o'rtacha 5tadan sariq kartochka qayd etilganini anglatadi.
* Taymlar bo'yicha oladigan bo'lsak. Birinchi bo'limda 4 nafar futbolchi ogohlantirildi.
* Uchrashuvlarning ikkinchi bo'limida esa nisbatan qo'polliklar va qoida buzilish xolatlari ko'p uchraganiga guvoh bo'lamiz. Sababi hakamlar yana 15ta o'yinchiga sariq kartochka ko'rsatgan.
* Eng ko'p sariq kartochka mezbon jamoa futbolchilariga ko'rsatilgan, 11ta.
* Qolgan 8ta ogohlantirish esa mehmonlarga yozilgan.
* Qo'polliklarga boy tarzad kechgan uchrashuv deb “Iftixor” – “Zomin” bahsini aytish mumkin. Sababi o'yinni boshqarib borgan hakam Farrux Yansupov mezbonlardan 4 nafar futbolchiga, mehmonlardan esa 3ta o'yinchiga sariq kartochka ko'rsatgan.
* “Lokomotiv-BFK” – “Yozyovon” uchrashuvida esa bu borada aksincha vaziyat yuz berdi. Mezbonlar bir nafar, mehmonlardan esa ikki nafar o'yinchi ogohlantirildi.
* Eng ko'p sariq kartochka olgan jamoa “Iftixor” bo'ldi, 4ta.
* “Lokomotiv-BFK” futbolchilari esa 1ta sariq kartochka olib, tartib-intizom bo'yicha boshqalarga namuna bo'ldi.
* Etiborlisi 20-turda birorta ham futbolchi qizil kartochka olmagan.


20-turda kimlar sariq kartochka oldi?
1. Sardor Ismoilov – “Lokomotiv-BFK”.
2. Jasur Otaxonov  – “Yozyovon”.
3. SHahboz Abduraimov – “Yozyovon”.
4. Oybek Boboev – “Labsa”.
5. Bahrom Narzullaev – “Labsa”.
6. Suhrob Qobilov – “Labsa”.
7. Suhrob Rahmonov – “G'ijduvon”.
8. Said Abdujabborov – “Iftixor”.
9. Asror Tilavoldiev – “Iftixor”.
10. Ismoil Oxunjonov – “Iftixor”.
11. Dilmuhammad Xudoyberdiev – “Iftixor”.
12. Eldor Karimov – “Zomin”.
13. Behruz Do'stmurodov – “Zomin”.
14. SHoxjahon Abbosov – “Zomin”.
15. Elbek Ravshanov – “Nurafshon”.
16. Ruslan Vagapov – “Nurafshon”.
17. Murod To'ychiboev – “Nurafshon”.
18. Bobur Abdullaev – “SHerdor”.
19. Iskandar Xolmirzaev – “SHerdor”.

MUXLISLAR
PRO-Liga “B” guruhining eng og'riqli nuqtalaridan biri bu – muxlislar tashrifidir. Afsuski “B” guruhidagi o'yinlarga tomoshabinlar 500ta ham kirmayapti. Vaholanki stadionga kirish ko'p joylarda bepul qilib qo'yilgan. SHunga qaramay ishqibozlarning qiziqishi past darajada.

Xususan 20-turning 4ta o'yiniga jami 1096 nafar muxlis tashrif buyurgani ham fikrimizni tasdiqlab turibdi.

Eng ko'p tomoshabin Buxoro derbisida kuzatildi. G'ijduvondagi “Navro'z” stadioniga 496 nafar ishqiboz qadam ranjida qilgan.

Toshkentda esa aksincha. “Lokomotiv-BFK” – “Yozyovon” uchrashuvini 27ta tomshabin kuzatib borgani qayd etilgan. Aslida 27ta odam kirmagan bo'lishi ham mumkin. CHunki soat 15:30da boshlangan o'yinni kim ham stadionda kuzatib borishni istaydi.

Ko'pchilik uchrashuv jaziramada boshlanishidan ham bexabar qolgan bo'lishi aniq.

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
“LOKOMOTIV-BFK” – “YOZYOVON” 1:2
Toshkent. TTYMI stadioni. 27 tomoshabin.
“LABSA” – “G'IJDUVON” 1:2
G'ijduvon. “Navro'z” stadioni. 496 tomoshabin.
“IFTIXOR” – “ZOMIN” 0:3
Oltiariq. “Markaziy” stadion. 400 tomoshabin.
“NURAFSHON” – “SHERDOR” 3:3
Nurafshon. “Do'stlik” stadioni. 173 tomoshabin.

KEYINGI TURDA UCHRASHADILAR
21-tur. 16 avgust, payshanba
“Zomin” — “SHerdor”
“G'ijduvon” — “Iftixor”
“Yozyovon” — “Labsa”
“Xotira-79” — “Lokomotiv-BFK”


Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика