So’nggi yangiliklar

10:55"Ливерпуль" ёзда Салоҳнинг ўрнига бошқа бир мисрлик футболчи билан шартнома тузмоқчи  0 10:26"Манчестер Сити"нинг "устуни" ёзда жамоани тарк этади  0 09:52Ислом Маматказин: “Ўйинни ўзида ютиб кетишимизга ишонгандик. Қандайдир ўзгача руҳият бор эди”  4 09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  3 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1 08:08МЮ раҳбарлари тен Хаг борасида бир қарорга кела олишмади  9 07:33Салоҳ ва де Брюйне келаси мавсум жамоадош бўлишлари мумкин  1 02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  2 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  7 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  1 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  21 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  10 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1

PRO-Liga, “A” guruhi. 7-turning eng tezkor goli va boshqalar haqida Yangiliklar

PRO-Liga, “A” guruhi. 7-turning eng tezkor goli va boshqalar haqida

Teglar :  PRO-liga7-tur
PRO-Liganing ortda qolgan 7-tur o'yinlarining etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.

“A” guruhidan o'rin olgan 4ta uchrashuvda jami 9ta gol qayd etildi. O'rtacha har bir o'yinga 2tadan gol demakdir.

Bahslarning birinchi taymida 3ta gol qayd etilgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda sermahsullik ikki marotaba ortdi va muxlislar yana 6ta golga guvoh bo'ldi.

Mezbon jamoalar hisobiga 6ta gol yozildi. Qolgan 3ta to'pni mehmonlar kiritgan.

Samarqandda kechgan “Dinamo” – “SHo'rtan” o'yinida umuman to'p kiritilmadi. SHuningdek ushbu turda “Istiqlol” jamoasi ham o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolganini aytib o'tish darkor.

Ushbu turda dubl qayd etgan yagona futbolchi – Bahodir Murtazoev bo'ldi. “Norin” hujumchisi “Orol”ga qarshi bahsda mehmonlar darvozasini ikki bor nishonga oldi.

Etiborlisi uning ukasi Humoyun Murtazoev ham ushbu turda “Mashal” safida “Surxon” darvozasiga to'p kiritib, jamoasiga uch ochko keltirdi.

7-turning ikkita o'yinida bittadan penalti qayd etildi. “Orol” hujumchis i Navro'zbek Haipov safarda “Norin” darvozasiga qarshi o'yinda 11 metrlik nuqtadan to'p kiritgan bo'lsa, “Istiqlol”ning shtatchi penaltichisi Abduxoliq Qurbonov ham ushbu turda “Xorazm” darvozasiga penaltidan gol urdi. Etiborlisi farg'onaliklarning markaziy himoyachisi mavsumdagi 4-golini kiritib, to'purarlar ro'yxatidan o'rin olgan.

Ushbu turda bitta avtogol qayd etilgan. “Surxon”ning etakchi himoyachilaridan biri – Islom Inomov jamoasining safarda “Mashal”ga qarshi o'tkazgan uchrashuvida kutilmaganda o'z darvozasiga to'p kiritib yubordi.

Turning eng tezkor goli 8-daqiqada sodir bo'ldi. “Norin” hujumchisi Bahodir Miurtazoev “Orol”ga qarshi bahsda birinchi bo'lib hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Aksincha turning eng so'nggi soniyada kiritilgan goli 90-daqiqaga to'g'ri keldi. Muborakda dramatik tarzda kechgan “Mashal” – “Surxon” o'yinida mezbonlar so'nggi daqiqalarda to'p kiritib, irodali g'alabaga erishdi.


7-turda kimlar gol urdi?
1. Bahodir Murtazoev (2ta) – “Norin”.
2. Nurlibek Talasboev – “Orol”.
3. Navro'zbek Haipov – “Orol”.
4. Islom Inomov (avtogol) – “Surxon”.
5. Sirojiddin Qo'ziev – “Surxon”.
6. Humoyun Murtazoev – “Mashal”.
7. Abduxoliq Qurbonov – “Istiqlol”.
8. Elyor Akbarov – “Istiqlol”.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика