So’nggi yangiliklar

14:54"Ливерпуль" футболчисининг голи Жек Грилишга 500 фунтга тушди  0 14:20Погба Франция чемпионатига қайтишга яқин  1 13:58Гвардиола: "Йўқ, бу хабар ёлғон"  0 13:20Расмий хабар: БААга қарши ўйиндан олдин Ўзбекистонда яна бир йўқотиш   14 13:08Владо Радманович: "Катанец ноябрь ойида терма жамоани ўзи бошқаради" (ўйинолди матбуот анжумани тўлиқ)  19 13:00ЖЧ-2026 саралаши. БАА сафардаги ўйинларнинг ҳаммасида ғалаба қозонмоқда  10 12:33Ўзбекистон МТЖ қачон охирги марта ўз майдонида кўк рангли формада ўйнаган?  7 12:09БАА бош мураббийи Паулу Бенту: "Ўзбекистон терма жамоаси мундиалга тўғридан-тўғри чиқишга даъвогар"  15 11:52БАА терма жамоаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келди? Рўйхатда Англияда ўйнайдиган икки футболчи бор  18 11:33Корея Республикаси - Ироқ учрашувида 6 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  6 11:25Месси билан ҳазиллашган Ўринбоев  6 11:05Ўзбекистон БААга қарши кўк либосда ўйнайди  13 10:54"Арсенал" афсонаси Гвардиоладан сўнг "Манчестер Сити"ни бошқариши мумкин  0 10:23"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун яна бир номзод пайдо бўлди  3 10:08Жаъфар Ирисметов: "Ҳозир терма жамоанинг ўйинини яхши ёки ёмон дейдиган пайт эмас"  7

PRO-Liga 22-tur statistikasi Yangiliklar

PRO-Liga 22-tur statistikasi

Teglar :  PRO-liga22-tur
Xabaringiz bo'lsa kerak, kuni-kecha O'zbekiston PRO-Ligasining 22-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

“A” guruhidagi o'yinlar muxlislarning diqqat markazida bo'ldi. Odatga ko'ra, poyoniga etgan bahslarning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.

PESHQADAMLAR “JANGI”DA “ANDIJON”NING G'ALABASI YOXUD “DINAMO”DAN “ISTIQLOL”GA SOVUQ DUSH
“A” guruhining 22-tur o'yinlari har qachongidan ham muxlislarning diqqat markazida turdi. CHunki 1-o'rin uchun kurashyotgan “Andijon” va “Surxon”ning Termizdagi to'qnashuvi qaysidir manoda ko'p narsaga oydinlik kiritib berardi. SHu bois mazkur uchrashuvning qiymati 6 ochkolik edi deyish mumkin. Mavsumning birinchi qismida “Surxon” o'z uyida “Andijon”ni mag'lub etib, safarda durang qayd etgandi. SHu bois jamoalarning bu safargi to'qnashuvida andijonliklarda biroz havotir bor edi. Ammo dushanba oqshomida umuman boshqacha o'yin kechdi. “Burgutlar” birinchi bo'limning o'zidayoq ikkita to'p kiritib, mezbonlarni ruhan “sindirib qo'ydi”. Ikkinchi taymda garchi mezbonlar o'yindagi hisobni o'zgartirish uchun jon-jahdlari bilan o'ynagan bo'lsada, andijonliklar yana bitta to'p kiritib, muxlislariga yirik hisobdagi g'alabani taqdim etdi. SHundan so'ng “Andijon” o'z guruhidagi 1-o'ringa mustahkam o'rnashib oldi.  

Mavsumning ikkinchi qismini omadsiz boshlagan “Xorazm” 22-turda “Norin”ni qabul qildi va raqibini ortiqcha ayab o'tirmadi. Haqqulobodliklarni esa tanib bo'madi. Boisi etakchilarga bosh og'riq bo'lib kelgan “Norin” Urganchda javobsiz 4ta to'p o'tkazib yubordi.

Turning yana bir markaziy uchrashuvi Farg'onada kechdi. “Istiqlol” o'z maydonida har qanday raqibga osonlikcha ochko ulashib yubormasligini oldingi turlarda isbotlagandi. Bu safar Sergey Lebedev boshqaruvidagi jamoa o'z uyida “Dinamo”ni qabul qildi. Teng kurashlar ostida o'tgan uchrashuvning so'nggi qo'shimcha daqiqalari o'tib borayotganida maydon egalari kutilmaganda samarqandliklardan sovuq dush qabul qilib oldi. Aniqrog'i davralar oralig'ida “Dinamo” safiga kelib qo'shilgan Sanjar Baratov 90+2-daqiqada to'p kiritib, jamoasining safarda g'alaba qozonishiga munosib hissa qo'shdi.

Termizda “Surxon”ni mag'lub etib kelgan “SHo'rtan”ni ham tushunib bo'lmayapti. G'uzorliklar endi o'z uyida autsayder “Orol” bilan durang qayd etdi.

“ISTIQLOL” – “DINAMO” 0:1
“XORAZM” – “NORIN” 4:0
“SURXON” – “ANDIJON” 0:3
“SHO'RTAN” – “OROL” 0:0

GOLLAR    
* 22-turning 4ta uchrashuvida 8ta gol qayd etildi.
* Mezbon va mehmon jamoalar hisobiga bir xil – 4tadan to'p yozib qo'yildi.
* Taymlar bo'yicha olib aytadigan bo'lsak, birinchi bo'limda 3ta, ikkinchi bo'limda esa yana 5ta gol urilgan.
* Ushbu turda eng ko'p gol urgan jamoa – “Xorazm” bo'ldi. Urganchliklar o'z uyida “Norin” darvozasiga javobsiz 4ta to'p kiritishga erishdi.
* “Xorazm”, “Dinamo”, “Andijon”, “SHo'rtan” va “Orol” jamoalari o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolishga erishdi.
* Turning eng tezkor goli 12-daqiqada qayd etildi. “Andijon”ning to'purar hujumchisi SHahboz Jumaboev “Surxon” darvozasiga tezkor to'p kiritib, uchrashuvda hisobni ochishga erishdi.
* Aksincha turning eng so'nggi daqiqada kiritilgan goli esa 90+2-daqiqaga to'g'ri keldi. Yuqorida aytib o'tganimizdek, “Dinamo” hujumchisi Sanjar Baratov so'nggi soniyada “Istiqlol” darvozasini aniq nishonga oldi.
* Etiborlisi ushbu gol mualliflarining jamoalari safarda g'alaba qozondi!
* 22-turda 2tadan gol urgan futbolchilar soni 2tani tashkil etdi. SHahboz Jumaboev (“Andijon”) bilan Temur Ismoilov (“Xorazm”) dublga erishdi.
* Ahamiyatlisi ushbu turda penalti va avtogol qayd etilmadi.

22-turda kimlar gol urdi?
1. Sanjar Baratov – “Dinamo”.
2. SHahboz Jumaboev – “Andijon” (2ta).
3. Davron Isoqov – “Andijon”.
4. Temur Ismoilov – “Xorazm” (2ta).
5. Temur Masharipov – “Xorazm”.
6. Sardor Matmurotov – “Xorazm”.

OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
* 22-turning 4ta o'yinida hakamlar jami 16ta o'yinchiga sariq kartochka ko'rsatishga qaror qilgan.
* Bu esa har bir uchrashuvga o'rtacha 4tadan ogohlantirish demakdir.
* Mezbon jamoalardan 8 nafar, mehmonlardan ham 8ta o'yinchi sariq kartochka bilan “siylangan”.
* Taymlar bo'yicha oladigan bo'lsak, bu borada ham ko'rsatkichlar bir xil – 8:8.
* “Istiqlol” va “Norin” jamoasidan birorta ham futbolchiga sariq kartochka ko'rsatilmadi. SHu bois tartib-intizom bo'yicha ushbu jamoalar boshqalarga namuna bo'ldi.
* “Surxon” esa aksincha. Bosh hakam SHerzod Qosimov termizliklarning 5ta o'yinchisini sariq kartochka bilan jazoladi.
* Qo'polliklarga boy terzad kechgan uchrashuv ham aynan “Surxon” – “Andijon” to'qnashuvi bo'ldi. Mazkur o'yinda jami 7ta ogohlantirish qayd etildi.
* Aksincha “Istiqlol” – “Dinamo” uchrashuvida esa boshqalarga nisbatan ozroq sariq kartochka kuzatildi, 2ta.
* Ushbu turda shuningdek 2ta qizil kartochka qayd etildi.
* Etiborlisi ularning ikkisi ham ikkinchi sariq kartochkadan keyin maydondan chetlatildi.
* “Xorazm” himoyachisi Temur Masharipov va “Orol” yarim himoyachisi Miras Karliboev ikkinchi bo'limda maydoni sheriklaridan oldinroq tark etishga majbur bo'ldi.

22-turda kimlarga sariq kartochka ko'rsatildi?
1. Abbos Jumaqulov – “Dinamo”.
2. Viktor Grigorev – “Dinamo”.
3. Temur Masharipov – “Xorazm”.
4. Erbol Seytnazarov – “Xorazm”.
5. Bahriddin Vahobov – “Surxon”.
6. G'ayrat Jumaev – “Surxon”.
7. Sardor Eminov – “Surxon”.
8. Nizom Norov – “Surxon”.
9. Abbos Maxstaliev – “Surxon”.
10. Siroj Hamroev – “Andijon”.
11. Doniyor Abdumannopov – “Andijon”.
12. Farhod Namozov – “SHo'rtan”.
13. Rasul Musaev – “Orol”.
14. Damir Nizanov – “Orol”.
15. Bobur Farhodov – “Orol”.
16. Miras Karliboev – “Orol”.


ENG KO'P MUXLIS TERMIZDA
* 22-turning 4ta o'yiniga  jami 3900 nafar tomoshabin tashrif buyurdi.
* Har bir uchrashuvga o'rtacha 975tadan ishqiboz demakdir.
* Eng ko'p muxlis kirgan o'yin – “Surxon” – “Andijon” qarama-qarshligi bo'ldi.
* G'uzordagi stadionda esa aksincha vaziyat yuz berdi.

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?

“ISTIQLOL” – “DINAMO” 0:1
Farg'ona. “Istiqlol” stadioni. 321 tomoshabin.
“XORAZM” – “NORIN” 4:0
Urganch. “Yoshlik” stadioni. 782 tomoshabin.
“SURXON” – “ANDIJON” 0:3
Termiz. “Alpomish” stadioni. 2610 tomoshabin.
“SHO'RTAN” – “OROL” 0:0
G'uzor. BO'SM. 187 tomoshabin.

NAVBATDAGI TUR UCHRASHUVLARI
23-tur.
26 avgust (yakshanba)

«Norin» - «Surxon»
«Andijon» - «SHo'rtan»
«Dinamo» - «Xorazm»
«Mashal» - «Istiqlol»
«Orol» dam oladi





Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика