Pro liga-2026 ishtirokchilari o'rganilmoqda
27 noy 12:31
Yangiliklar
Pro liga-2026 ishtirokchilari o'rganilmoqda
Ertaga — 28 noyabr kuni Birinchi liga musobaqasining 2025 yilgi mavsumi o'z yakuniga etadi. Toshkent mezbonlik qilayotgan pley-off bosqichining final o'yinida "Zamin" hamda "BuxDU" jamoalari o'zaro maydonga tushadi. Buxoro davlat universiteti jamoasi o'tgan mavsum ham Birinchi ligada ishtirok etgan bo'lib, mavsumni o'z mintaqasida 5-o'rinda yakunlagandi. Joriy mavsumda jamoa o'sishga erishib, G'arbiy mintaqada uchlikka kirdi va pley-offda finalga qadar etib keldi. O'zagini to'liq yangilagan "Zamin" o'tgan mavsum chorak finalda "FarDU" bilan to'qnash kelib, imkoniyatni boy bergandi. Bu yil esa Markaziy mintaqada g'oliblikni qo'lga kiritdi va hal qiluvchi final o'yiniga qadar etib keldi.
“Birinchi liga reglamenti”ning 5.10-bandiga ko'ra mavsum yakuniga ko'ra Proliga yo'llanmasi qaysi jamoaga taqdim etilishi hamda Birinchi ligani qaysi jamoa tark etishi masalasi Liga tomonidan aniqlanishi belgilab qo'yilgan. Yani, Superliga va Proliga musobaqasi o'rtasida sport prinsiplari birlamchi bo'lsa, Pro liga ishtirokchilarini aniqlab olishda Liga jamoalarning unga qanchalik tayyor ekanligini monitoring qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqib, Liga qaror qabul qilishda mavsum davomida jamoalarning musobaqalardagi ishtiroki, hujjatlarni yuritish ishlari, buxgalteriya hisobotlari, maydonlar va ulardagi o'zgarishlar, licenziyalash talablariga qanchalik mos tushish kabi holatlar xulosasiga tayanadi.
Pro ligada ishtirok etish istagida bo'lgan jamoa “Pro liga reglamenti” orqali uning talablarini o'rganib chiqishi mumkin. Ayni vaqtda Liga bir qator jamoalar bilan o'rganish ishlarini olib bormoqda. Proliga talablariga javob berishi shartida ular keyingi ishtirokini mazkur musobaqada davom ettirishi mumkin bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонида Ҳамробеков тўп тепаётган "Трактор"га ютқазди
ЕЧЛ. Учта голи ҳисобланмаган "Челси" 10 киши қолган "Барселона"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет бешинчи учрашувда дуранг ўйнади ва гуруҳдан чиқиш имкониятини сақлаб қолди
МЛС. Мессининг супер ўйини "Интер Майами"ни ярим финалга олиб чиқди
Fikrlar