Pro liga. 2-tur statistikasi
18 mar 2022 15:10
Yangiliklar
Pro liga. 2-tur statistikasi
O'YINLAR
- Turning 5ta uchrashuvi to'liq o'tkazildi.
- Uchta o'yinda mezbonlarning qo'li baland kelgan.
- Mazkur turda mehmon jamoalarning birortasi g'alaba qozona olmadi.
- Ikki uchrashuvda esa tomonlar o'zaro durangga imzo chekkan.
- Etiborlisi, mazkur turda mehmon jamoalarning birortasi raqib darvozasini ishg'ol qila olmadi.
- Turning markaziy uchrashuvida “SHo'rtan” va “Buxoro” o'zaro durang qayd etdi.
- “Turon”, “Andijon” va “Mashal” o'z maydonidagi bahslarni g'alaba bilan tugatdi. Uchallasi ham o'z darvozasidan to'p olib chiqa olmadi.
- “G'ijduvon” – “Xorazm” va “SHo'rtan” – “Buxoro” uchrashuvlari durang bilan yakun topdi.
“Turon” – “Aral Samali” – 3:0
“SHo'rtan” - “Buxoro” – 0:0
“Andijon” – “Yangier-Quruvchi” – 2:0
“G'ijduvon” – “Xorazm” – 0:0
“Mashal” – “Zomin” – 2:0

FOTOGALEREYA. "G'idjuvon" – "Xorazm" 0:0
GOLLAR
- 2-turning 5ta o'yinida jami 7ta gol qayd etildi. Bu o'tgan turga nisbatan 6ta kam deganidir. 1-turda darvozalarga 13ta to'p kiritilgandi.
- Har bir uchrashuvga o'rtacha, 1,4 tadan gol demakdir.
- Mezbon jamoalar kiritgan gollar soni 7ta.
- Mehmonlar hisobiga esa birorta gol yo'q.
- O'yinlarning birinchi bo'limida kiritilgan gollar soni 3ta.
- Qolgan 4ta to'p esa ikkinchi taymda kiritilgan.
- Turning eng tezkor kiritilgan goli 11-daqiqaga to'g'ri keladi. “Turon” futbolchisi Sardor Abduraimov “Aral Samali” darvozasini ishg'ol qildi.
- Aksincha eng so'nggi daqiqada kiritilgan gol “Mashal” – “Zomin” o'yinida qayd etildi. 90+3-daqiqada mezbonlar azosi Xudoyorxon Sagdullaev mehmonlar darvozasiga to'p yo'lladi.
- 1ta penalti! O'tkazilgan 5ta o'yinda atigi 1ta penalti belgilandi. Bundan esa “Xorazm” futbolchisi Timur Bekchonov unumli foydalana olmadi.
- 2-turda 5ta jamoa o'z darvozasi daxlsizligi saqlab qoldi. 1-turdagi kabi “Andijon” jamoasi “Yangier-Quruvchi”ga qarshi bahsda to'p olib chiqmadi.

OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
- Ushbu turning 5ta o'yinida jami 22ta sariq kartochka qayd etilgan. Xuddi 1-turdagi kabi holat takrorlandi. SHundan bittasi “Andijon” darvozabonlar murabbiyi Qobil Olimjonovga ko'rsatildi.
- Bu har bir uchrashuvga o'rtacha 4,4tadan ogohlantirish demakdir.
- Mezbon jamoalardan 8 nafar futbolchi sariq kartochka bilan siylangan.
- Qolgan 14ta ogohlantirish esa mehmon jamoa o'yinchilariga yozilgan.
- Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 6ta o'yinchi ogohlantirilgan bo'lsa, ikkinchi taymga borib bu borada ko'rsatkich biroz ortgan. Yani 16 nafar futbolchi sariq kartochka bilan jazolangan.
- Qo'polliklarga boy tarzda kechgan o'yin deb – “Andijon” – “ Yangier-Quruvchi ” uchrashuvini aytish lozim. Bosh hakam mezbonlardan to'rt nafar o'yinchiga mehmonlardan esa uch nafar futbolchiga sariq kartochka ko'rsatgan.
- Turning eng intizomsiz jamoalari deb “Andijon” va “Xorazm” bo'ldi. Ikki klub futbolchilariga 4tadan sariq kartochka ko'rsatildi.
- “Turon” va “G'ijduvon” jamoalari futbolchilari 2-tur uchrashuvlarida birorta sariq kartochka olmagan holda boshqalarga namuna bo'la oldi.
- 2-turda birorta futbolchiga qizil kartochka ko'rsatilgani yo'q.

MUXLISLAR
- 2-turning 5ta o'yiniga jami 4388 nafar tomoshabin tashrif buyurgan. Bu 1-turga qaranganda biroz ko'p. Avvalgi turda stadionlarga jami 4219 nafar muxlis tashrif buyurgandi.
- Har bir uchrashuvga o'rtacha 877,6ta muxlis demakdir.
- “Andijon” bu borada peshqadamlik qildi. “Yangier-Quruvchi”ga qarshi kechgan o'yinga jami 2168 nafar ishqiboz qadam ranjida qilgan.
* Aksincha eng past ko'rsatkich "G'ijduvon" - "Xorazm" uchrashuvida qayd etildi. Atigi 43 nafar muxlis tashrif buyurgan.
Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
“Turon” – “Aral Samali” – 2:1. 1 400 tomoshabin.
“SHo'rtan” – “Buxoro” – 1:2. 456 tomoshabin.
“Andijon” – “Yangier-Quruvchi” – 0:0. 2168 tomoshabin.
“G'ijduvon” – “Xorazm” – 2:2. 43 tomoshabin.
“Mashal” – “Zomin” – 2:1. 321 tomoshabin.

OSTONAMIZDAGI UCHRASHUVLAR
13-tur. 19 mart (shanba)
“Buxoro” – “Turon”
“Zomin” – “SHo'rtan”
“Aral Samali” – “G'ijduvon"
20 mart (yakshanba)
“Yangier-Quruvchi” – “Mashal”
“Xorazm” - “Andijon”
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar