So’nggi yangiliklar

11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  5 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  0 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  1 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  2 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  1 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  20 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  3 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  24 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  8

Prezident yosh futbolchilar va soha mutaxassislari bilan uchrashdi Yangiliklar

Prezident yosh futbolchilar va soha mutaxassislari bilan uchrashdi

Teglar :  SHavkat Mirziyoev
Davlatimiz rahbari Yuqori CHirchiq tumanida barpo etilyotgan Futbol bo'yicha milliy terma jamoalar markazini borib ko'rdi.

Bu markaz Xalqaro futbol federaciyalari associaciyasi (FIFA) bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Hozirda 8 ming o'rinli stadion qurilgan. Yana 7 ta mashg'ulot maydoni, plyaj futboli maydoni, futzal maneji, basseyn, reabilitaciya majmuasi va yotoqxonalar qurilishi rejalashtirilgan.

Soha mutasaddilari bilan suhbatda milliy futbolimizga xorijdan malakali texnik direktor olib kelish, futbol tuzilmasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Qoraqalpog'iston, Qashqadaryo, Jizzax, Namangan va Toshkentda mintaqaviy bazalar tashkil qilish, murabbiylar maktabini takomillashtirish bo'yicha topshiriqlar berildi.

Prezident yoshlar orasida futbolni yanada ommalashtirish, ularga sharoit yaratish masalalariga alohida etibor qaratdi.

- O'zbekistonda futbol eng sevimli sport turi. Har o'nta odamdan to'qqiztasi uning muxlisi desa bo'ladi. Bu ommaviylikdan foydalanib, futbolni tubdan rivojlantirish kerak. Masalan, yurtimizda 10 mingta maktab bor, 208 ta tuman-shahar bor. Xo'sh, maktab, mahalla, jamoalarda futbol qanday bo'ladi? Ikkinchidan, futbolga mehr qo'ygan bolalar o'z yo'lini topishi uchun nima qilishimiz kerak? Uchinchidan, yoshlar futboldan ketgandan keyin nima bilan shug'ullanadi, ularga qo'shimcha kasb-hunar berishni ham o'ylash zarur, - dedi SHavkat Mirziyoev.

Davlatimiz rahbari yosh futbolchilar bilan ham suhbatlashdi.

- Xalqimizning sportga mehri kuchli. Ayniqsa, futbol «oilaviy do'stimiz». Milliy terma jamoamiz o'yinlarini hammamiz g'urur, faxr, hayajon bilan kuzatamiz. Sizlar oilada ota-onangizning farzandi bo'lganingiz bilan maydonda xalqimizning farzandisizlar. Ana shuni doim yodda tuting, - dedi Prezident.

Futbolchilarda Vatan tuyg'usini shakllantirish muhimligi ham takidlandi.

- Futbolchilar dunyo kezadi, chet el jamoalarida o'ynaydi. Ular O'zbekiston tarixini, sharoitlarini yaxshi bilishi kerak. Ular bizning elchilarimiz, bolalarga namuna, - deya takidladi davlat rahbari.

Futbol tibbiyoti va reabilitaciyasini jahon yutuqlari asosida rivojlantirish masalalari ham ko'rsatib o'tildi.



Reyting: -21   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика