"Prezident Mirziyoevga kelasi yili futzal bo'yicha Jahon chempionatida uchrashishni intiqlik bilan kutayotganimni aytdim" - Janni Infantino
21 sen 2023 11:13
Yangiliklar
"Prezident Mirziyoevga kelasi yili futzal bo'yicha Jahon chempionatida uchrashishni intiqlik bilan kutayotganimni aytdim" - Janni Infantino
"Nyu-Yorkda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev bilan uchrashganimdan mamnunman.
Men u kishini go'zal mamlakati maydonda erishayotgan muvaffaqiyat bilan tabrikladim va FIFA Forward dasturidagi ajoyib ishtirok uchun minnatdorchilik bildirdim.

Men o'tgan yilning may oyida ularning Toshkentdagi yangi futbol akademiyasiga tashrif buyurish imkoniga ega bo'ldim va u erdagi sharoitlar nafaqat O'zbekiston, balki butun Osiyo qitasi faxriga aylanadi deb ayta olaman.
SHuningdek, Prezident Mirziyoevga kelasi yili futzal bo'yicha Jahon chempionatida uchrashishni intiqlik bilan kutayotganimni va bu juda muvaffaqiyatli bo'lishiga ishonchim komilligini aytdim. Bu esa mintaqa ahlini birlashtirish va O'zbekistonni futbol markaziga aylantirish uchun yana bir imkoniyat bo'ladi", – dedi Infantino.
FIFA prezidenti uchrashuv chog'ida davlat rahbariga uning ismi tushirilgan to'pni sovg'a qildi va O'zbekistonni JCH mezbonligi bilan tabrikladi.
Malumot uchun, futzal bo'yicha Jahon chempionati keyingi yilning 14 sentyabridan 6 oktyabriga qadar O'zbekistonda o'tkaziladi. Kecha milliy terma jamoaga ispaniyalik mashhur mutaxassis Xose Venansio Lopes bosh murabbiy etib tayinlandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar