So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Prevyu. "So'g'diyona" - "Nasaf" Yangiliklar

Prevyu. "So'g'diyona" - "Nasaf"

Oliy liganing 7-turida Qarshining "Nasaf" klubi safarda "So'g'diyona" mehmoni bo'ladi.
SO'G'DIYONA – NASAF
3 may. Zomin. "Zomin" stadioni. 16:30
Hakamlar:
H.Ro'ziev, T.Galeev, S.SHoyusupov, A.Jo'raxonov
Nazoratchi: A.Popov.

“So'g'diyona” hamda “Nasaf” klublari oliy ligada shu kungacha 26 bor kuch sinashishgan. “Nasaf” 19ta o'yinda g'alaba qozongan. 6ta uchrashuvda “So'g'diyona”ning qo'li baland kelgan. 1ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik “Nasaf” tomonida: 54:24. “Ajdarlar” o'zaro o'yinlarda 58 ochkoga ega bo'lishgan, “So'g'diyona” esa 19 ochkoni qo'lga kiritgan. “Nasaf”ning “So'g'diyona” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 4:1ga teng bo'lsa, “So'g'diyona”ning qarshiliklar ustidan erishgan eng yirik g'alabasi – 3:2.

2013 yilgi mavsumdagi ikkala o'yinda ham “Nasaf” ikki to'p farqi bilan g'olib chiqqan. “So'g'diyona” maydonidagi bahsda SHoxrux Gadoev va Azamat Allaniyazov mezbonlarning mag'lubiyatini taminlagan – 0:2. Qarshidagi o'yinda tomoshabinlar jami 6 golning guvohiga aylanishgan.  Dastlab Renat Bayramov jizzaxliklarni hisobda oldinga olib chiqqan, bunga “Nasaf” Artur Gevorkyan, Ilhom Yunusov va SHuhrat Muhammadievning gollari bilan javob bergan. Ikkinchi bo'limda “So'g'diyona” vakili Suhrob Berdiev hisobni qisqartirgan. Ammo Gevorkyan dubl rasmiylashtirib farqni ikkitaga oshirgan – 4:2.

“So'g'diyona” maydonida bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
31.05.2013 So'g'diyona - Nasaf 0:2
23.09.2011 So'g'diyona - Nasaf 0:2
26.09.2009 So'g'diyona - Nasaf 1:4
29.08.2008 So'g'diyona - Nasaf 2:1
07.05.2006 So'g'diyona - Nasaf 0:2

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “So'g'diyona” maydonida bo'lib o'tgan o'yinlarda umuman durang qayd etilmagan. 5 marta maydon egalari, 8 marta “Nasaf” g'alaba qozongan. Jizzaxdagi oxirgi 3 o'yinda “Nasaf” g'alabaga erishgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика