So’nggi yangiliklar

13:49Расман: CAFA мусобақаси тақвими тақдим этилди  3 13:02Артета АПЛ юлдузининг "Арсенал"га ўтишида асосий сабабчи бўлган  2 12:35АПЛ клуби янги стадионга кўчиб ўтди  6 12:11Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубоги саралаши учун таркиби маълум  9 11:42"Реал" диктатор туфайли янги футболчисининг исмидан воз кечди  8 11:20Ўзбекистон U-17 нега саралашда ўйнамайди?  5 10:43Кэрни Чуквуэмеки фаолиятини Бундеслигада давом эттиради  1 10:15"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди  0 10:03Бугун "Севинч" Осиё Чемпионлар Лигаси гуруҳ босқичига чиқиш йўлланмаси учун майдонга чиқади  0 09:48Эдегор ва Саканинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  2 09:22Пролига. Бугун дерби бўлиб ўтади  1 08:54"Байер" "Манчестер Сити" футболчини қўлга киритишга яқин  1 08:25Кечаги дурангдан сўнг Аморим нималар деди?  6 07:56Sofascore. Кечаги учрашувда дубл ассист қилган Ғаниев неча баҳо олди?  1 07:31Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади  10

Prevyu. "So'g'diyona" - "Metallurg" Yangiliklar

Prevyu. "So'g'diyona" - "Metallurg"

Oliy liganing 5-turida "So'g'diyona" Yangierda "Metallurg" bilan bellashadi.
 So'g'diyona (Jizzax) – Metallurg (Bekobod)  
18 aprel 2015. Yangier. “Yangier” stadioni. 16:45
Hakamlar:
O. Tolibjonov (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), V. Lushin (Guliston), K. Rasulov (Qarshi)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
UzPFL vakili: B. Haydarov.
 
“So'g'diyona” va “Metallurg” oliy ligada 26 bora to'qnash kelishgan. Natijalar tenglikni ko'rsatmoqda.

“So'g'diyona” ushbu raqibni 11 marta mag'lub etgan. 5ta o'yinda durang qayd etilgan. “Metallurg” esa “So'g'diyona”ni 10 marta talsim qila olgan. “So'g'diyona” o'zaro o'yinlarda 41ta gol urgan, “Metallurg” futbolchilari 37 marta jizzaxliklar darvozasini ishg'ol etishgan. Jizzax klubi o'zaro o'yinlarda 38 ochkoga ega bo'lgan, Bekobod klubi hisobida 35 ochko bor. “Metallurg”ning o'zaro o'yinlarda eng yirik g'alabasi 4:2ga teng bo'lsa, “So'g'diyona”ning eng yirik muvaffaqiyati 4:0 bo'lib turibdi.

O'tgan yil dastlabki davrada “Metallurg” o'z uyida g'alabaga erishgan. Sardor Rasulov (ikkita), Alisher Ziyovuddinov va Sunnatilla Mamadalievning kiritgan to'plariga “So'g'diyona”dan Jasur Hakimov va Sanjar Rashidov javob berishgandi – 4:2. Zomindagi uchrashuvda tomoshabinlar 9ta golning guvohi bo'lishgandi. Mezbonlardan Jasur Hakimov (2ta), Sobir Hamidov (2ta) va Ayubxon No'monov gol urishgan. Bekobodliklar tarkibida SHuxrat Yo'ldoshev, Murodjon Toshmatov, Sunnat Ermatov va Sardor Rasulov to'p kiritishgan – 5:4.

“So'g'diyona” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
26.09.2014 So'g'diyona - Metallurg 5:4
05.10.2013 So'g'diyona - Metallurg 2:1
13.08.2011 So'g'diyona - Metallurg 3:1
12.09.2009 So'g'diyona - Metallurg 3:2
25.10.2008 So'g'diyona - Metallurg 1:2

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “So'g'diyona” maydonida bo'lib o'tgan 13ta o'yinning 9tasida maydon egalari g'alaba qozonishgan, 2 marta g'olib aniqlanmagan. “Metallurg” safarda ikki marta uch ochkoni o'ziniki qilgan. “So'g'diyona” o'z uyida “Metallurg”ga qarshi kechgan oxirgi to'rt o'yinda faqat g'alaba qozongan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика