Prevyu. "So'g'diyona" - "Dinamo"
29 mar 2014 09:04
Yangiliklar

Prevyu. "So'g'diyona" - "Dinamo"
Zominda Davron Fayziev boshchiligidagi "So'g'diyona" Ravshan Haydarov boshqarib borayotgan "Dinamo" klubini qabul qiladi.
SO'G'DIYONA – DINAMO
29 mart. Zomin. “Zomin”. 16:00
Hakamlar: SH.Qosimov, B.Qodirov, A.Qo'ldoshev, A.Mo'minov
Nazoratchi: S.Ermatov.
Bu ikki jamoaning yo'llari oliy ligada naqd 32 bor kesishgan. Ustunlik “Dinamo” tomonida. O'yinlarning 14tasida samarqandliklarning qo'li baland kelgan. 12ta uchrashuvda esa “So'g'diyona” g'olib chiqqan. Qolgan olti uchrashuvda durang hisobi qayd etilgan. To'plar nisbati “Dinamo” foydasiga. “Arslonlar” shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 49ta gol urib o'z darvozalaridan 35 marta to'p o'tkazib yuborishgan. O'zaro o'inlarda “Dinamo” 48 ochkoni, “So'g'diyona” esa 42 ochkoni qo'lga kiritgan.
“Dinamo” oliy ligada “So'g'diyona” ustidan 4:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi Samarqand klubining eng yirik g'alabasi hisoblanadi. Jizzax klubining o'zaro o'yinlardagi bu raqib ustidan erishgan eng yirik g'alabasi esa 3:1 bo'lib turibdi.
O'tgan yil “So'g'diyona” uyida bo'lib o'tgan uchrashuvda tomoshabinlar 7ta gol guvohiga aylanishgan. Mezbonlar safida Ilyos Qurbonov, Renat Bayramov, Akmal Abdurahmonov va Murodjon Toshmatov to'p kiritishgan. Mehmon jamoa tarkibida Abdulal Nabiev, Vladimir Kilikevich hamda Akmal Bozorov gol urishgan – 4:3. Samarqaddagi bahsda tomonlar g'olibni aniqlay olishmagan. Mezbonlar hujumchisi Farrux SHotursunov tomonidan hisob ochilgan bo'lsa Suxrob Berdiev muvozanatni tiklagan – 1:1.
“So'g'diyona” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
26.05.2013 So'g'diyona - Dinamo 4:3
05.03.2011 So'g'diyona - Dinamo 0:0
14.06.2009 So'g'diyona - Dinamo 3:1
18.11.2008 So'g'diyona - Dinamo 1:1
16.06.2006 So'g'diyona - Dinamo 0:1
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Dinamo” safarda bu raqibni ikki marta mag'lub etgan. 2000 yilda Jizzaxda bo'lib o'tgan o'yinda 3:6 hisobi qayd etilgan bo'lsa, 2006 yil “Dinamo” safarda 1:0 hisobida g'alaba qozongan. Umuman “So'g'diyona” o'z uyida 9 marta g'alabaga erishgan va 5ta o'yinda Samarqand klubi bilan durang o'ynagan. “So'g'diyona” mezbonlik qilgan oxirgi 4ta o'yinda “Dinamo” g'alaba qozona olmayapti.
Muallif taxmini: Bugun "Dinamo" safardagi g'alabasiz seriyasi davom etadi deb o'ylayman. Durang qayd etilish imkoniyati yuqori.
Narzulla Saydullaev.

Fikrlar