Prevyu. “So'g'diyona” - AGMK
11 avg 2018 09:00
Yangiliklar
Prevyu. “So'g'diyona” - AGMK
Etiboringizga jamoalarning Jizzaxdagi bo'lib o'tgan uchrashuvlar tarixini havola etamiz.
USHBU MAVSUMDA
Birinchi davra 10-turida “So'g'diyona” safarda AGMK jamoasiga qarshi bahs olib borgan edi va ushbu o'yinda hisob ochilmagan.
O'YINI VLADISLAV CEYTLIN BOSHQARADI
“So'g'diyona” AGMK o'yinini Vladislav Ceytlin boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Timur Galeev va Aleksandr Sidorovlar yordam beradi. Zahiradagi hakam Firdavs Norsafarov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Laziz Qo'chqorov
O'ZARO USTUNLIK
“So'g'diyona” hamda AGMK klublari oliy ligada shu kungacha 17 bor kuch sinashishgan.“So'g'diyona” hisobida 6 ta, AGMK hisobida 6 ta g'alaba mavjud. 5 ta o'yinda durang natija qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik olmaliqliklar tomonida: 26:30 “So'g'diyona” o'zaro o'yinlarda 23 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa, AGMK ham 23 ochkoni qo'lga qiritgan.
“So'g'diyona” maydonida o'tgan barcha uchrashuvlar :
18.03.2017 «So'g'diyona» – «Olmaliq» 3:2
14.05.2016 «So'g'diyona» – «Olmaliq» 1:0
30.10.2015 «So'g'diyona» – «Olmaliq» 1:0
09.08.2014 «So'g'diyona» – «Olmaliq» 0:0
04.08.2013 «So'g'diyona» – «Olmaliq» 2:2
15.10.2011 «So'g'diyona» – «Olmaliq» 5:2
23.03.2009 «So'g'diyona» – «Olmaliq» 3:2
20.09.2008 «So'g'diyona» – «Olmaliq» 1:1
O'zaro o'yinlar haqida fakt: Jizzaxdagi 8 ta o'yindan 5 tasida “So'g'diyona” g'alaba qozongan. 3 ta o'yinda durang natija qayd etilgan. AGMK Jizzaxda bo'lib o'tgan o'yinlarda g'alaba qozonmagan.
O'YIN VAQTI VA JOYI:
Yoshlar ligasi bahsi 10 avgust kuni soat 17:30 da “So'g'diyona” qarorgohida bo'lib o'tadi. Asosiy tarkib bahsi 11 avgust kuni soat 18:00 da “So'g'diyona” stadionida bo'lib o'tadi.
Fikrlar