So’nggi yangiliklar

14:55"Ливерпуль" "Реал" қизиқишларига қарамай, Конате билан шартномани узайтирмоқчи  0 14:26"Барселона"нинг ЕЧЛ доирасидаги навбатдаги уй учрашуви қаерда ўтиши маълум  0 13:54"Нефтчи" Абдураимов ва Иванков билан бир ҳафта ичида ҳисоб-китоб қилиши лозим — ПФЛ  4 13:38Ла Лига президенти "Манчестер Сити"ни қаллобликда айблади  1 13:11"Манчестер Юнайтед" 17 ёшли колумбиялик истеъдодни сафига қўшиб олмоқчи  3 12:44Трамп Эрон вакилларининг ЖЧ қуръасида қатнашишига тўсқинлик қилмоқда  5 12:15Жамолиддин Раҳматуллаев: "U-20 Жаҳон чемпионатининг Озарбайжон ва Ўзбекистонга берилиши катта мотивациядир"   1 11:53Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Тошкентда Озарбайжон билан ўртоқлик учрашуви ўтказади  2 11:20Каннаваро мураббий сифатида Ўзбекистонга ютқазган ўйинни ёдга оламиз  22 11:06Зидан Жазоир термаси учун ўйнаши мумкин  0 10:38"Кристал Пэлас" ўз рекордини ўрнатди  1 10:08"Шўртан"ни янги мураббий бошқаради  9 09:49Тожикистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  6 09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0 09:09Флик ваъда берди  18

Prevyu. "Qizilqum" - "Paxtakor" Yangiliklar

Prevyu. "Qizilqum" - "Paxtakor"

Teglar :  QizilqumPaxtakor
Bugun Toshkentning "Paxtakor" klubi Navoiyda "Qizilqum" mehmoni bo'ladi.

Qizilqum (Navoiy) – Paxtakor (Toshkent)
15 aprel 2016. Navoiy. "Yoshlar" stadioni. 18:00
Hakamlar:
B. Namozov (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Po'latov (Toshkent), R. Abduvohidov (Qarshi)
Nazoratchi: SH. Jumaev (Qarshi).

“Paxtakor” va “Qizilqum” oliy ligada 32 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “Paxtakor”ning katta ustunligini ko'rsatmoqda. “SHerlar” o'zaro o'yinlarda 27 marta g'alaba qozonishgan. 4ta bahsda durang qayd etilgan. “Qizilqum” faqat 1 marta “Paxtakor”ni taslim qila olgan. To'plar nisbatida ham ustunlik “sherlar”da 88:17. “Paxtakor” o'zaro o'yinlarda 85 ochkoga ega bo'lgan, “Qizilqum” o'z hisobiga 7 ochko yozib qo'ya olgan. Toshkent klubining “Qizilqum” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 11:0ga teng bo'lsa, “Qizilqum”da bu ko'rsatkich 2:1ga teng.

2015 yil ikkala bahsda ham “Paxtakor” g'olib bo'lgan. Navoiydagi bahsda Stanislav Andreev va Aleksandr Merzlyakovning gollari jamoaga 3 ochko keltirgan – 2:0. Toshkentdagi bahsda ham Andreev bitta to'p kiritgan, SHerzod Karimov esa dublga erishgan – 3:0.

“Qizilqum” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
12.04.2015 Qizilqum - Paxtakor 0:2
15.08.2014 Qizilqum - Paxtakor 1:4
27.05.2013 Qizilqum - Paxtakor 0:1
03.09.2012 Qizilqum - Paxtakor 0:4
05.11.2011 Qizilqum - Paxtakor 0:3

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Qizilqum” o'z maydonida ushbu raqibni umuman mag'lub eta olmagan. Bo'lib o'tgan 16ta o'yinning 14tasida “sherlar” zafar quchishgan. 2ta bahsda esa durang qayd etilgan. So'nggi bor “Qizilqum” o'z uyida 2002 yil mag'lub bo'lmagan.  

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика