So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  1 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  16 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Prevyu. "Qizilqum" - "Nasaf" Yangiliklar

Prevyu. "Qizilqum" - "Nasaf"

Teglar :  QizilqumNasaf
Navoiyda "Qizilqum" klubi Qarshining "Nasaf" klubiga qarshilik qiladi.

Qizilqum (Navoiy) – Nasaf (Qarshi)
26 avgust 2015. Navoiy. "So'g'diyona" stadioni. 18:30
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), D. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: I. SHaripov (Buxoro).

“Qizilqum” hamda “Nasaf” klublari oliy ligada shu kungacha 31 bor kuch sinashishgan. “Ajdarlar” 19ta o'yinda g'alaba qozonishgan. 6ta uchrashuvda “Qizilqum”ning qo'li baland kelgan. Bu jamoalar o'rtasidagi o'yinlarda 6 marta durang qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik “Nasaf” tomonida: 58:33. “Ajdarlar” o'zaro o'yinlarda 63 ochkoga ega bo'lishgan, “Qizilqum” esa 24 ochkoni qo'lga kiritgan. “Nasaf”ning “Qizilqum” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 7:1ga teng bo'lsa, “Qizilqum”ning qarshiliklar ustidan erishgan eng yirik g'alabasi – 3:1.

5-turda Qarshida o'tgan uchrashuvda Artur Gevorkyan penaltidan hisobni ochgandi. Ikkinchi bo'limda SHohruh Gadoevning ikki goliga Bahriddin Vahobov javob bergandi - 3:1.

"Qizilqum" maydonida bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
06.06.2014 Qizilqum - Nasaf 1:1
10.08.2013 Qizilqum - Nasaf 0:1
21.09.2012 Qizilqum - Nasaf 1:1
10.03.2011 Qizilqum - Nasaf 0:1
16.10.2010 Qizilqum - Nasaf 1:2

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Qizilqum” maydonida kechgan bahslarda mezbonlar 5 marta g'alaba qozonishgan. 4 o'yinda durang qayd etilgan. “Nasaf” esa safardan 6 marta uch ochko bilan qaytgan. Oxirgi 6ta o'yinda “Qizilqum” o'z maydonida bu raqibni mag'lub eta olmagan.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика