So’nggi yangiliklar

16:38ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон йилни 50-ўринда якунлади  4 16:21Африка Кубоги ғолиби қанча маблағ ишлаб олиши маълум бўлди  0 15:46Игорь Сергеев йил футболчиси бўлишда Жамшид Искандеровни қанча фарқ билан ортда қолдирди?  3 15:20Ўзбекистон футзал терма жамоаси ёпиқ эшиклар ортида ўтган ўйинда Россияга имкониятни бой берди  1 15:04"Динамо" янги мавсумга тайёргарликни Самарқандда бошлайди  1 14:35Канте, Фабиньо, Бергвейн, Бензема... "Насаф"нинг Элит ОЧЛ 6-туридаги рақиби ҳақида  6 14:10"Чемпионлик? Бу қўлимиздан келадиган иш" — Равшан Ҳайдаров  6 13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  1 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  4 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  2 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  2 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  4 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  2

PREVYU. "Qizilqum" "Metallurg"dan o'tgan mavsum mag'lubiyatlari uchun alamini oladimi? Yangiliklar

PREVYU. "Qizilqum" "Metallurg"dan o'tgan mavsum mag'lubiyatlari uchun alamini oladimi?

Superliganing 7-turida Bekobodning “Metallurg” jamoasi Olmaliqda “Qizilqum”ni qabul qiladi

O'zaro uchrashuvlar tarixi

“Metallurg” hamda “Qizilqum” jamoalarining o'zaro to'qnashuvlariga nazar tashlaydigan bo'lsak, jamoalar bugungacha milliy chempionatimiz doirasida 48ta O'Yin o'tkazishgan. SHularning 18tasida “Metallurg” g'alaba qozongan bo'lsa, 12ta uchrashuvda durang qayd etilgan. 18ta o'yinda esa “Qizilqum”ning qo'li baland kelgan. Kiritilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqi 62:61, “Metallurg” foydasiga. Bekobodliklar bu raqibni ikki marta 4:1 hisobida yutgan (2006, 2019). “Qizilqum” esa 2006 yili "Metallurg" darvozasiga javobsiz beshta to'p (0:5) kiritgan

Bekobodda mazkur jamoalar o'rtasida kechgan 24ta uchrashuvining 12tasida maydon egalari g'alaba qozongan. 6ta uchrashuvda durang qayd etilgan. 6ta bahsda Navoiyliklar qo'li baland kelgan. To'plar farqi – 41:26.


So'ngi to'qnashuvlar

13.08.2023 "Qizilqum" - "Metallurg" 0:2

Gollar: 77" G'ofurov, 90+3" Abdumannonov

19.03.2023 "Metallurg" - "Qizilqum" 1:0

Gollar: 58" G'ofurbekov

29.09.2022 "Qizilqum" - "Metallurg" 0:1

Gollar: 51" O'rinboev

06.05.2022 "Metallurg" - "Qizilqum" 1:1

Gollar: 26" Sattarov, 90+6" Azimov

27.11.2021 "Qizilqum" - "Metallurg" 1:3

Gollar: 11" Abdullaev, 36" Rahmatullaev, 64" Kuxianidze, 62" Sattarov


Navoiyda o'tgan oxirgi o'yindan highlights 



Joriy mavsumdagi natijalar

Uchrashuvdagi nominal mezbon "Metallurg" jamoasi joriy mavsumda chempionatimiz doirasida 5ta uchrashuvda ishtirok etdi va hali g'alaba qozona olmadi. Dastlabki turda Toshkentning "Lokomotiv" jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda 2:2 hisobida durang qayd etishgan bo'lsa, ikkinchi turda "So'g'diyona"ga qarshi uchrashuvda nursiz durang qayd etildi. Uchinchi turda Farg'onaga safar qilgan Steshevich shogirdlari "Neftchi"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'lishdi. "Dinamo"ga qarshi kechgan to'qnashuvda esa Bekobodliklar dastlab hisobda oldinga chiqib olishadi, ammo uchrashuvning so'ngi daqiqalarida o'tkazib yuborilgan gol tufayli 1:2 hisobidagi mag'lubiyatni qabul qilib olishadi. So'ngi turda esa "Metallurg" "Paxtakor"ga 3:4 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

"Qizilqum" esa aksincha mavsumni ajoyib tarzda boshladi. Dastlab "Bunyodkor", keyin esa "Surxon" ustidan g'alaba qozonishdi. "Nasaf"ga qarshi kechgan uchinchi tur bahsida esa kichik 1:2 hisobida mag'lub bo'lishdi. "Lokomotiv"ga qarshi durang va "So'g'diyona"ga mag'lub bo'lgan Saidov shogirdlari, so'ngi turda o'z o'yida "Neftchi"ni qabul qilishdi va 1:1 hisobidagi durang natija qayd etishdi.


Hakamlar

O'zbekiston futbol hakamlari markazi bo'lajak uchrashuvga bosh hakam etib Firdavs Norsafarovni tayinlagan. VAR hakami sifatida esa Ahrol Risqullaev ishlaydi.


Metallurg — Qizilqum

11 may, 19:00

Bosh hakam: Firdavs Norsafarov

Yordamchi hakamlar: SHohnur Yo'ldoshev, Rishat Nugmanov

Zaxira hakam: Mamurjon Iljomov

VAR: Ahrol Risqullaev

AVAR: Aleksandr Sidorov

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

Komissar: Jahongir Rahmatullaev


Jamoalar libosi

Bugun jamoalar ushbu lisoblarda maydonda harakat qilishadi


Muallif taxmini

Bugungi uchrashuvda yaqqol favorit yo'qligi aniq, ammo "Qizilqum" futbolchilarining individual mahorati uchrashuv taqdirini hal etsa kerak. "Qizilqum"ning kichik hisobdagi g'alabasini tahmin qilaman.


Abdulvosit Bektemirov tayyyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика